Foydalanish shartlari
Xush kelibsiz!
Ushbu sayt Xudo, Muqaddas Kitob va Yahovaning Shohidlari haqida ko‘proq bilib olishingizga yordamlashadi. Sizga qiziq bo‘lgan ma’lumotni o‘qing, tomosha qiling va yuklab oling. Boshqalar saytimizdan foyda olishlarini istaymiz, lekin, iltimos, unda keltirilgan ma’lumotlarni boshqa saytlarga yoki kompyuter ilovalariga joylashtirmang. Bu saytda bilib olganlaringizni boshqa odamlar bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi «Foydalanish shartlari»ga rioya qilib, ularni saytimizga yo‘naltiring.
Mualliflik huquqi
© 2024 Watsh Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania. Hamma huquqlari saqlanadi.
Ushbu sayt Watchtower Bible and Tract Society of New York, Inc. («Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati») tomonidan yaratilgan bo‘lib qo‘llab-quvvatlanadi. Agar boshqa manbaga ishora qilinmagan bo‘lsa, demak saytdagi butun matn va boshqa ma’lumotlar Watsh Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania jamiyatining intellektual mulkiga tegishli.
Savdo belgilari
Adobe, Adobe emblemasi, Acrobat va Acrobat emblemasi Adobe Systems Incorporated kompaniyasining savdo belgilari hisoblanadi. iTunes va iPod, Apple Ins. kompaniyasining savdo belgilari hisoblanadi. Misrosoft, Microsoft emblemasi, shuningdek, har qanday Microsoft dasturiy ta’minoti va mahsulotlari, jumladan, Microsoft Offise va Microsoft Office 365 Microsoft Ins. kompaniyasining savdo belgilari hisoblanadi. Android Google LLS savdo belgisi deb sanaladi. Android robotining tasviri Sreative Sommons 3.0 Attribution License versiyasining lisenziyasida keltirilgan shartlarga ko‘ra ishlatiladi va Google kompaniyasi tomonidan qayta ishlangan logotip yoki yangilangan nusxasi hisoblanadi. (https://sreativesommons.org/lisenses/by/3.0/us/). Boshqa barcha savdo belgilari va ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgilari haqli egalariga tegishli hisoblanadi.
«Foydalanish shartlari» va saytdan foydalanish huquqlari
Ushbu «Foydalanish shartlari», mazkur saytdan foydalanish qoidalarini o‘rnatadi. Bu saytdan foydalanib, siz unda keltirilgan «Foydalanish shartlari», jumladan, «Foydalanishning qo‘shimcha shartlari» (birgalikda ular «Foydalanish shartlari»ni tashkil etadi) bilan rozi ekaningizni ko‘rsatasiz. Mabodo ushbu «Foydalanish shartlari» yoki uning qaysidir qismi bilan norozi bo‘lsangiz, bu saytdan foydalanmang.
To‘g‘ri ishlatish deganda nima nazarda tutiladi? Quyidagi cheklovlarga rioya qilganda:
-
mualliflik huquqlariga ega bo‘lgan rasmlar, elektron adabiyotlar, musiqa, suratlar, matn va videolarni ko‘rib chiqishingiz, shaxsiy va notijoriy maqsadda foydalanish uchun yuklab olishingiz hamda nashr etishingiz mumkin;
-
yuklab olish mumkin bo‘lgan adabiyot, video yoki audio yozuvlarning elektron nusxalari yoki ularning manzili bilan bo‘lishsangiz bo‘ladi.
Quyidagilarni qilishingiz mumkin emas:
-
ushbu saytdagi rasmlar, elektron adabiyotlar, savdo belgilari, musiqa, suratlar, videolar yoki maqolalarni Internetda (turli saytlarda, fayl va video-almashuv tizimlarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda) joylashtirish;
-
ushbu saytdagi rasmlar, elektron adabiyotlar, savdo belgilari, musiqa, suratlar, matn yoki videolarni dasturiy ta’minot bilan birga yoki uning bir qismi sifatida tarqatish (jumladan, dasturiy ta’minotda ishlatish maqsadida shu kabi ma’lumotlarni serverga yuklash);
-
ushbu saytdagi rasmlar, elektron adabiyotlar, savdo belgilari, musiqa, suratlar, matn yoki videolarni tijorat yoki pul ishlash maqsadida (hatto daromad keltirmasa ham) qayta ishlab chiqarish, ko‘paytirish, nusxa ko‘chirish, tarqatish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish;
-
ushbu saytda keltirilgan ma’lumotlarni, HTML, surat yoki matnni saqlash, nusxa ko‘chirish, yuklab olish, ma’lumotlarni olish, yig‘ish, shuningdek, ma’lumotlar ustida puxta izlanish o‘tkazish, ularni yig‘ish va intellektual tahlil qilish maqsadida dasturiy ta’minot, dastur va usullarni yaratish (ammo bu saytdagi EPUB, PDF, MP3 va MP4 formatidagi fayllarni yuklab olish uchun ishlab chiqarilgan notijorat bepul ilovalarni tarqtatish man etilmaydi);
-
mazkur saytdan yoki uning funksiyalaridan noto‘g‘ri maqsadda foydalanish, masalan, saytning faoliyatiga aralashish yoki odatda taqdim etiladigan usullardan tashqari qandaydir boshqa yo‘l bilan saytga yoki uning funksiyalariga kirish;
-
ushbu saytdan uning ishlash jarayoniga ziyon yetkazish yoki unga kirish uchun to‘sqinlik yaratish hamda qonunbuzarlik, huquqbuzarlik yoki qalloblik qilish maqsadida foydalanish;
-
ushbu saytdagi rasmlar, elektron adabiyotlar, savdo belgilari, musiqa, suratlar, matn yoki videolardan marketing bilan bog‘liq maqsadda foydalanish.
Tibbiy bo‘lim
Ushbu saytdagi («Tibbiy bo‘lim»da) ma’lumotlar faqatgina tanishtirish maqsadida keltirilgan. Mazkur bo‘limda tibbiy maslahatlar berilmaydi, u tashxis qo‘yishga hamda davolanish usulini tayinlashga mo‘ljallanmagan. Ushbu bo‘limda aytib o‘tilgan u yoki bu tibbiy izlanishlar, shifokorlar, dorilar, davolanish usullari, fikr-mulohazalar va boshqa ma’lumotlarni «Tibbiy bo‘lim» tavsiya etmaydi va ularni qo‘llab-quvvatlamaydi.
Sog‘liq va davolanish masalasida faqatgina shifokorga yoki malakali mutaxassisga murojaat qiling.
Saytimizning «Tibbiy bo‘lim»ida keltirilgan ma’lumotlar aniq bo‘lib, tibbiyotdagi oxirgi yutuqlarga mos kelishiga harakat qilamiz. Lekin shu bilan birga mazkur bo‘limdagi ma’lumot «BORICHA» taqdim etiladi, ya’ni aniq yoki taxminiy bir kafolat bermaydi. Saytimiz bu bo‘limdagi ma’lumotga tegishli aniq yoki taxminiy kafolat bermaydi, jumladan uning tijoratda qanchalik yaroqli ekaniga va muayyan maqsadlarga mos kelishiga kafolat bermaydi (bu bilan cheklanib qolmaydi). Shuningdek, «Tibbiy bo‘lim»da keltirilgan ma’lumotlar qanchalik ishonchli, aniq, o‘z vaqtida qo‘l keladigan, foydali va to‘liq ekani borasida sayt hech qanday kafolat bermaydi. Ushbu bo‘limda uchraydigan biron-bir xato uchun sayt javobgar emas. Bu bo‘limdagi ma’lumotlarni ishonchli deb bilsangiz, uning natijasiga o‘zingiz javobgarsiz. Sayt keltirilgan biron-bir zarar (jumladan — cheklovsiz — tasodifiy yoki bilvosita ziyon, shikast yetkazish, qotillik, yo‘qolgan daromad, shuningdek, ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki faoliyatning vaqtincha to‘xtatilishi bilan bog‘liq ziyon) uchun umuman javobgar emas. Qolaversa, sayt «Tibbiy bo‘lim»da keltirilgan ma’lumotdan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida paydo bo‘lgan arzlar uchun mas’ul emas. Shu kabi arzlar kafolat, kontrakt, delikt yoki boshqa har qanday huquqiy nazariyaga asoslangan va bunday zarar yetkazilishi haqida ogohlantirish berilgan bo‘lsa ham sayt ularga javobgar emas.
Kafolat va mas’uliyat
Ushbu sayt, undagi hamma ma’lumot va servis xizmatlari «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» tomonidan «boricha» taqdim etiladi. Bu jamiyat hech qanday aniq yoki taxminiy kafolat bermaydi.
«Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» ushbu saytda hech qanday virus yoki zarar keltirishi mumkin bo‘lgan komponentlar yo‘qligini kafolatlamaydi. Bu sayt taqdim etayotgan servis xizmati, ma’lumot va boshqa barcha narsalardan foydalanishga bog‘liq biron-bir ziyon (jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, tasodifiy zarar va jarima, daromad yo‘qotish) uchun «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» javobgar emas.
«Foydalanish shartlari»ni buzish
Qaysidir yo‘l bilan «Foydalanish shartlari»ni buzsangiz (hatto «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati»ning «Foydalanish shartlari»da keltirilgan boshqa huquqlariga zarar yetkazmagan bo‘lsangiz), unda «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» muayyan choralarni ko‘rishi mumkin, jumladan, ushbu saytga kirishni man etadi yoki to‘xtatadi, ushbu saytga sizning IP-manzilingiz orqali kirayotgan barcha kompyuterlarning ish jarayonini to‘xtatadi, internet-provayderingizdan mazkur saytga kirishingizni taqiqlab qo‘yishni so‘raydi va/yoki sizga qarshi yuridik choralar ko‘radi.
O‘zgarishlar kiritish
«Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» mazkur «Foydalanish shartlari»ni vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Qayta ko‘rib chiqilgan «Foydalanish shartlari» ushbu saytda chiqqan kunidan boshlab, mazkur saytning qo‘llanilishiga nisbatan ishlatiladi. Iltimos, kuchga kirgan versiya bilan tanishib chiqish uchun doim ushbu sahifani tekshirib turing.
Qonun va yurisdiksiya
Mazkur «Foydalanish shartlari» kollizion huquqni e’tiborga olmagan holda, Nyu-York shtatining (AQSH) qonunlariga muvofiq tarzda boshqariladi va sharhlab beriladi. «Foydalanish shartlari» bilan bog‘liq har qanday da’voni AQShning Nyu-York shtati yurisdiksiyasi ostidagi shtat sudiga yoki federal sudga topshirish kerak.
Bo‘linish
Agar sud ushbu «Foydalanish shartlari»dan birini, hech qanday yuridik kuchga ega emas yoki qonunsiz deb chiqarsa, qolgan shartlar baribir kuchga ega bo‘ladi. «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» ushbu «Foydalanish shartlari»dan birining bajarilishini ta’minlamagan taqdirda ham, Jamiyat ushbu shartdan va uning bajarilishini talab qilish huquqidan voz kechganini anglatmaydi va bunday holat shunday tarzda talqin qilinmasligi kerak.
Batafsil shartnoma
«Foydalanish shartlari», bu saytni ishlatishingiz uchun siz va «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» o‘rtasida tuzilgan batafsil shartnoma bo‘lib, ushbu saytdan foydalanishingizga tegishli oldingi shartnomalarning o‘rnini bosadi.