Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Mehribon Yaratuvchimiz bizga g‘amxo‘rlik qilyapti

Mehribon Yaratuvchimiz bizga g‘amxo‘rlik qilyapti

1. YARATUVCHIMIZ QUYOSHNI PORLATADI

Yerdagi hayotni quyosh nurisiz tasavvur eta olasizmi? Quyosh daraxtlarga energiya berib, barglar, gullar, mevalar, yong‘oqlar va urug‘larni paydo qiladi. Qolaversa, quyosh tufayli daraxtlar tuproqdan suvni ildizlari orqali so‘rib oladi va bu suv barglarga qarab yuqoriga harakatlanib, so‘ng barglar orqali atmosferaga bug‘lanadi.

2. YARATUVCHIMIZ YOMG‘IR YOG‘DIRADI

Yomg‘ir Allohning bebaho in’omi bo‘lib, u tufayli yer biz uchun oziq-ovqat yetishtiradi. Alloh bizga osmondan yomg‘ir yog‘dirib, serhosil mavsumlarni taqdim etadi. Shuningdek, U mo‘l-ko‘l oziq-ovqat berib, qalblarimizni quvonchga to‘ldiradi.

3. YARATUVCHIMIZ OZIQ-OVQAT VA KIYIM-KECHAK BERADI

Ko‘p oila boshlari uydagilarni yetarlicha oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash haqida tashvishlanadi. Muqaddas Yozuvlarda nima deyilganiga e’tibor bering: «Qushlarni diqqat bilan kuzatinglar: ular na urug‘ ekadi, na hosil o‘radi va na omborga don yig‘adi. Shunday bo‘lsa-da, samoviy Otangiz ularning rizqini beradi. Sizlar esa ulardan ancha afzalroq emasmisiz?» (Matto 6:25, 26)

«Dashtdagi lolalarning qanday o‘sishiga qarab, ibrat olinglar... Lekin sizlarga shuni aytib qo‘yay: hatto shoh Sulaymon ham o‘zining shuhrat cho‘qqisida ularning hech biriday kiyinmagan. Agar Alloh... dasht o‘tini shunday kiyintirib qo‘ygan bo‘lsa, unda sizlarni ham kiyintirib qo‘ymasmikin?!» (Matto 6:28–30)

Xudovand bizni oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlar ekan, demak, U hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa narsalarni ham albatta bera oladi. Agar Xudoning irodasini bajarishga intilsak, U, O‘z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish maqsadida qilgan harakatlarimizga baraka beradi yoki kerakli narsalarni sotib olishimiz uchun ish topishimizga ko‘maklashadi. (Matto 6:32, 33)

Darhaqiqat, quyosh, yomg‘ir, qushlar va gullar haqida o‘ylaganimizda, Allohdan minnatdor bo‘lish uchun asosli sabablarimiz borligini tushunamiz. Keyingi maqolada Parvardigorimiz qay yo‘sin insoniyatga O‘z xabarlarini yetkazganini ko‘rib chiqamiz.