TARJIMAI HOL
Urush va tinchlik paytida Yahova bizga kuch berdi
Paul: Boshimiz ko‘kka yetgandi! 1985-yil noyabr oyida biz G‘arbiy Afrikadagi Liberiyaga otlangandik. Bu to‘la vaqtli xizmatimizdagi ilk manzilimiz edi. Samolyotimiz Senegalda qo‘ndi. Enni shunday dedi: «Bir soatdan sal oshiqroq vaqtdan keyin Liberiyada bo‘lamiz». Shunda e’lon eshitdik. «Liberiyaga ketayotgan yo‘lovchilar samolyotdan tushishlarini so‘raymiz. Ba’zi odamlar hukumatni ag‘darishga uringani uchun u yerga ucha olmaymiz». Keyingi 10 kun davomida Senegaldagi to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar bilan qoldik. U yerda Liberiyada ko‘pdan-ko‘p odamlar o‘ldirilgani va komendantlik soatiga amal qilmayotganlar shu zahoti otib tashlanayotgani to‘g‘risida yangiliklarni eshitdik.
Enni: O‘zi sarguzashtlarni izlab yurmaymiz. Aslida kichkinaligimda meni «vahimachi Enni» deb bilishardi. Hatto yo‘ldan o‘tish men uchun qo‘rqinchli. Lekin xavfli bo‘lsa ham Liberiyaga borish qarorimiz qat’iy edi.
Paul: Enni va men Angliyaning g‘arbidagi bitta hududda katta bo‘lganmiz. Ikkalamiz ham maktabni tugatgach, kashshoflik xizmatini boshlaganmiz. Bunda ota-onam va Ennining onasi biz uchun katta turtki bo‘lgan. Ular hayotimizni to‘la vaqtli xizmatda o‘tkazish istagimizni butunlayin qo‘llab-quvvatlagan. 19 yoshimda Baytilda xizmat qilish sharafiga ega bo‘ldim. Enni esa 1982-yili turmush qurganimizdan keyin bu xizmat turida menga qo‘shildi.
Enni: Baytil xizmati jon-u dilimiz edi. Lekin doim ehtiyoj kattaroq bo‘lgan joyda xizmat qilishni istardik. Oldin to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lganlar bilan birga Baytilda hamkorlik qilish bu istagimizni kuchaytirdi. Bu haqda 3 yil davomida har tunda ibodat qildik. Shuning uchun 1985-yili Gilad maktabining 79-sinfiga taklif qilishganida, quvonchimiz ichimizga sig‘madi. Bizni G‘arbiy Afrikadagi Liberiyaga tayinlashdi.
BIRODAR-U OPA-SINGILLARIMIZNING SEVGISI BIZGA KUCH BERDI
Paul: Liberiyaga uchishga ruxsat berilgan birinchi samolyotga o‘tirdik. Mamlakatda vaziyat tarang edi va komendantlik soati hali amal qilayotgandi. Odamlar shunchalik qo‘rquvga berilganidan mashina to‘satdan shovqin chiqarsa, hamma baqirgancha qochishga tushardi. Tinchlanish uchun har oqshom Zabur sanolaridan parchalarni o‘qirdik. Bunday taranglikka qaramay, vazifamizni sevardik. Enni to‘la a birodarimiz bilan Baytilda hamkorlik qilardim. Uning tajribasi va birodar-u opa-singillarimizning vaziyatini yaxshi tushunishi ko‘p narsani o‘rganishimga yordam berdi.
vaqtli maxsus va’zgo‘y edi. Men esa Jon CharukEnni: Nega Liberiyadagi xizmatimizni shunchalik tez sevib qoldik? Bunga birodar-u opa-singillarimiz sabab bo‘ldi. Ular bizga juda ko‘p sevgi ko‘rsatdi va sadoqatli edi. Biz ularni yaxshi ko‘rib qoldik va u yerdagi imondoshlar yangi oilamizga aylandi. Birodar-u opa-singillar bizga ko‘p yaxshi maslahatlar va dalda berardi. Xizmat ajoyib o‘tardi. Agar tez ketib qolsangiz, uy egalari xafa bo‘lardi. Odamlar ko‘chalarda Muqaddas Kitobga asoslangan savollarni muhokama qilardi. Shunchaki ketayotib ularning suhbatiga qo‘shilishingiz mumkin edi. Muqaddas Kitob tadqiqlarimiz ko‘pligidan ularning barini o‘tkazishga qiynalardik. Bu shirin muammo edi!
QO‘RQUVGA QARAMAY KUCHLI BO‘LDIK
Paul: 4 yil nisbatan davom etgan tinchlikdan keyin 1989-yili dahshatli o‘zgarish bo‘ldi — fuqarolar urushi boshlandi. 1990-yili 2-iyulda hukumatga qarshi bo‘lgan isyonchilar Baytil yaqinidagi hududlarni qo‘lga kiritdi. 3 oy davomida dunyodan uzilib qoldik. Shu qatorda oila a’zolarimiz va Bosh idora bilan aloqaga chiqa olmadik. Hamma joyda tartibsizlik, oziq-ovqat yetishmovchiligi hukm surardi va ko‘p ayollarni zo‘rlashardi. Bu 14 yil davom etdi va butun mamlakatga ta’sir qildi.
Enni: Ba’zi qabila a’zolari o‘zaro kurashib bir-birini o‘ldirardi. G‘alati kiyinib olgan va qurollangan jangarilar ko‘chada izg‘ib yurardi. Ular har bir uyga kirib istaganini olardi. Ularning ba’zilari uchun odam o‘ldirish tovuq so‘yishday gap edi. Jangarilar odamlarni nazorat qilish uchun yo‘llarni yopib qo‘yishdi va ko‘pincha u yerdan o‘tishni istaganlarni o‘ldirishardi. Keyin esa murdalarni bir-birining ustiga tashlashardi. Bu hatto Baytil yaqinida ham yuz berdi. Sadoqatli imondoshlarimiz, jumladan, biz uchun qadrli bo‘lgan ikkita to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y o‘ldirildi.
Shohidlar hayotini xavf ostiga qo‘yib boshqa qabilaga tegishli imondoshlarini yashirardi. Chunki ularni topishsa, o‘ldirishardi. To‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar va baytilchilar ham xuddi shunday yo‘l tutdi. Uy joyini yo‘qotgan ba’zilar Baytilning birinchi qavatidagi koridor va ofislarda uxlardi. Boshqalar esa ikkinchi qavatdagi xonalarda biz bilan yashardi. Biz xonamizda yetti kishidan iborat oila bilan yashaganmiz.
Paul: Har kuni jangarilar kelib odamlarni yashiryapmizmi-yo‘qmi tekshirardi. Biz xavfsizlik chorasini ko‘rib qo‘ydik. Ikki kishi oynadan, yana ikkitasi esa tashqaridagi darvozadan kuzatib turardi. Agar
darvoza oldidagilar qo‘llarini oldinga qilsa, bu hammasi yaxshi ekanini anglatardi. Ammo ular qo‘llarini orqaga qilsa, jangarilar g‘azabda ekanini bildirardi. Shunda oynadan kuzatib turganlar do‘stlarimizni yashirish uchun yugurib ketardi.Enni: Bir necha hafta o‘tgach qurollangan va g‘azablangan bir guruh jangarilar kirib keldi. Men va bitta opamiz vannaxonaga kirib eshikni qulfladik. U yerdagi shkafda yashirinish uchun kichkinagina joy bor edi. Opamiz o‘sha yerga kirdi. Qurollangan jangarilar ikkinchi qavatga chiqdi. Keyin ular darg‘azab bo‘lib eshigimizni gursillatib urdi. Paul: «Rafiqam vannaxonadan foydalanyapti»,— dedi. Opamiz yashiringan joyni yopganimda biroz shovqin bo‘ldi. Polkaga yana hamma narsani qayta qo‘yib chiqishimga to‘g‘ri keldi va bu biroz vaqt oldi. Jangarilar shuncha payt nima qilganim bilan qiziqishiga amin edim. Shunchalik qo‘rqib ketganimdan butun tanam titrardi. Ularga eshikni ochishdan avval biroz tinchlanishim kerak edi. Ichimda ibodat qilib, Yahovadan yordam berishini so‘radim. Keyin esa eshikni ochib xotirjamlik bilan ularga salom berdim. Ulardan biri meni itarib, to‘g‘ri vannaxonaga kirib keldi va polkadagi narsalarni uloqtira boshladi. U yerda hech narsa topa olmaganidan hayron qoldi. U va u bilan bo‘lganlar boshqa xonalarni va boloxonalarni ham tekshirdi. Lekin ular hech narsa topa olmadi.
HAQIQAT PORLASHDA DAVOM ETDI
Paul: Oylar davomida deyarli oziq-ovqatimiz bo‘lmadi. Lekin ma’naviy ozuqa hayotimizni saqlab qoldi. Ko‘pincha ertalablari nonushtaga hech narsa bo‘lmasdi. Lekin Baytildagi ertalabki topinishlar nonushtaday edi. Barchamiz shuni bilardiki, Muqaddas Kitobni o‘qish va tadqiq qilish har kuni sabr-bardosh qilishimizga kuch berardi.
Tom ma’nodagi oziq-ovqatimiz va suvimiz tugab, filialdan chiqishimizga to‘g‘ri kelsa, yashirinayotgan imondoshlarni himoyalay olmasdik va ular o‘ldirilishi mumkin edi. Ko‘pincha Yahova vaqtida ehtiyojlarimizga g‘amxo‘rlik qilardi va bu xuddi mo‘jizaday edi. U bizga kerakli bo‘lgan narsalarni taqdim etdi va qo‘rquvlarimizni boshqarishga yordam berdi.
Dunyo tobora qorong‘ilashib borar ekan, haqiqat nuri yorqinroq porlardi. Ko‘pgina birodar-u opa-singillarimiz hayotini saqlab qolish uchun qayta-qayta qochishga majbur bo‘lgan. Lekin ular imonda mustahkam turib qiyinchiliklarga qaramay, xotirjam bo‘lib qolgan. Ularning ba’zilari urushda bo‘layotgan hodisalar «buyuk musibatga tayyorlanish» ekanini aytgan. Jasoratli oqsoqollar va yosh birodarlar imondoshlarga yordam berish uchun qo‘lidan kelganini qilgan. Boshqa hududlarga qochib ketgan birodar-u opa-singillar bir-biriga yordam bergan va ular borgan joylarida va’z qila boshlagan. Ular o‘rmonda nimani topgan bo‘lsa, o‘shalardan foydalanib oddiygina Yig‘ilish zalini qurgan va uchrashuvlarni o‘tkazgan. Bunday dahshatli paytlarda yig‘ilishlar-u va’zgo‘ylik birodar-u opa-singillarimizga umid hamda dalda baxsh etgan. Kiyim-kechak va boshqa narsalarni tarqatganimizda, ko‘p birodarlarimiz kiyimlarning o‘rniga va’z qilish uchun sumkalar so‘rardi. Buni ko‘rib juda ta’sirlanganmiz. G‘amga botgan va hissiy jarohat olganlar xushxabarni tinglardi. Mat. 5:14–16) Birodarlarimizning g‘ayrati tufayli ba’zi zo‘ravon jangarilar imondoshlarimizga aylandi.
Ular Yahovaning Shohidlari qanchalik baxtiyor va ijobiy ekanini ko‘rib hayron qolardi. Imondoshlarimiz zimiston dunyodagi yorqin nurga o‘xshardi. (QALBIMIZ TILKA-PORA BO‘LGANIDA KUCHGA TO‘LDIK
Paul: Ba’zida mamlakatdan ketishimizga to‘g‘ri kelgan. Uch marta qisqa vaqtga, ikki marta esa bir yilga ketganmiz. To‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y opamiz his-tuyg‘ularimizni shunday ifodaladi: «Giladda “vazifangizni chin yurakdan qiling” deb o‘rgatishgandi. Biz shunday qildik. Shu bois birodar-u opa-singillarimizni bunday vaziyatlarda tashlab ketish yuragimizni tilka-pora qilgandi». Yaxshiyamki, Liberiyadagi birodar-u opa-singillarimizga yaqin atrofdagi mamlakatlardan turib yordam bera oldik.
Enni: 1996-yili mayda to‘rt kishi bo‘lib filialimizning mashinasida ketayotgandik. Yonimizda juda muhim hujjatlar bor edi. Biz 16 kilometr uzoqlikda joylashgan shaharning xavfsizroq joyiga bormoqchi edik. Ammo isyon ko‘tarilgan joyga tushib qoldik. G‘azabga mingan jangarilar havoga o‘q otib bizni to‘xtatdi. Ular uchtamizni mashinadan tushishga majbur qildi. Paul hali mashinaning ichida edi. Ular esa uni haydab ketdi. Biz esankirab qoldik. Birdaniga Paul biz taraf kelayotganini ko‘rdik. Uning boshidan qon oqardi. Avvaliga «Unga o‘q uzishgan» deb o‘yladik. Lekin shuni tushundikki, agar shunday bo‘lganida, u yura olmasdi. Jangarilardan biri uni mashinadan chiqarayotganda urgan ekan. Yaxshiyamki, bu kichik jarohat bo‘lgan.
Yaqin atrofda harbiylarning gruzovigi bor edi. Uning ichi qo‘rqqan odamlar bilan to‘la bo‘lib, ular yo‘lga tushish arafasida edi. Biz ham ular bilan ketishga qaror qildik. Biroq ichida joy bo‘lmagani uchun tashqarisidan ilinib olishga to‘g‘ri keldi. Ushlashga deyarli hech narsa yo‘q edi. Haydovchi shunchalik tez haydaganidan yiqilib tushay derdik. Undan yolvorib to‘xtashini so‘radik. Lekin u judayam qo‘rqayotgandi. Bir amallab yetib keldik. Kelganimizda esa kuchimiz umuman qolmagandi va qo‘rquvdan dir-dir titrardik.
Paul: Kir va yirtilib ketgan kiyimlarimizga qarab omon qolganimizga ishongimiz kelmasdi. Yonimizda o‘qlardan ilma-teshik bo‘lgan vertolyot turgandi va u to‘kilib ketadiganga o‘xshardi. Ertasi kuni u bizni Serra-Leonega olib borishi kerak edi. Shunday qilib o‘sha yerda bir tunni o‘tkazdik. Tirik qolganimiz uchun judayam minnatdor edik. Lekin birodar-u opa-singillarimizdan xavotirda edik.
YANGI VA KUTILMAGAN QIYINCHILIKDA KUCHLI BO‘LA OLDIK
Enni: Fritaundagi (Serra-Leone) Baytilga kelganimizda xavfsizlikda edik va bizga yaxshi g‘amxo‘rlik qilishardi. Ammo men kutmagan bir narsa yuz berdi. Liberiyada biz bilan bo‘lgan dahshatli voqealar xayolimda gavdalanadigan bo‘ldi. Har kuni biron yomon narsa yuz berishidan qo‘rqardim va aniq fikr yurita olmasdim. Atrofimda yuz berayotgan narsalar xuddi tushga o‘xshardi. Tunda esa muzdek terda uyg‘onardim va dahshatli biron narsa yuz berishidan qo‘rqib titrardim, nafas olish qiyin edi. Paul meni quchoqlardi va men bilan birga ibodat qilardi. Titrog‘im bosilmaguncha hamdu sanolarni kuylardik. O‘shanda «Aqldan ozyapman va endi to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y sifatida xizmat qila olmayman» deb o‘ylardim.
Keyin nima yuz berganini hecham unutmayman. O‘sha haftadayoq ikkita jurnal oldik. Biri «Uyg‘oning!» jurnalining 1996-yil 8-iyun soni. U yerda «Xavotirlar bilan qay yo‘sin kurasha olasiz?» degan maqola keltirilgandi. O‘shanda men bilan nimalar yuz berayotganini tushundim. Ikkinchisi esa «Qo‘riqchi minorasi»ning 1996-yil 15-may soni edi. Unda «Ular qayerdan kuch oladi?» nomli maqola bor edi. Qo‘riqchi minorasida jarohatlangan kapalakning rasmi keltirilgandi. Maqolada esa kapalak qanotlari qattiq jarohatlanganiga qaramay, oziqlanishda va uchishda davom etishi mumkinligi tushuntirilgandi. Shunga o‘xshab biz hatto hissan jarohatlangan bo‘lsak ham Yahovaning muqaddas ruhi bilan boshqalarga yordam berishda davom eta olamiz. Bu ma’naviy ozuqa orqali Yahova o‘z vaqtida menga kuch berdi. (Mat. 24:45) Shunga o‘xshash mavzudagi maqolalarni izlash va ularni yig‘ish menga yordam berdi. Vaqt o‘tib yomon xotiralar menga oldingiday azob bermaydigan bo‘ldi.
YANGI VAZIFAMIZDA KUCHLI BO‘LA OLDIK
Paul: Har safar Liberiyaga qaytish imkoni bo‘lganida quvonardik. 2004-yilning oxiriga kelib to‘la
vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lganimizga deyarli 20 yil bo‘lgandi. Urush tugagandi. Filialda qurilish rejalashtirilayotgandi. Lekin birdaniga bizga yangi vazifani taklif qilishdi.Bu katta sinov bo‘ldi. U yerdagi ma’naviy oilamizga bog‘lanib qolgandik va ularni tashlab ketishni istamasdik. Lekin bundan oldin Giladda o‘qish uchun oilalarimizni qoldirib ketganimizda, Yahova bizga baraka yog‘dirganini ko‘rgandik. Shuning uchun yangi vazifani qabul qildik va bizni Ganaga tayinlashdi.
Enni: Liberiyadan ketayotganimizda rosa yig‘ladik. Frenk ismli dono va yoshi keksa birodar aytganlaridan hayron qoldik. U bizga: «Endi bizni unutinglar»,— deb aytdi. Keyin esa tushuntirib: «Bilamiz, bizni hech qachon unutmaysiz. Lekin yangi vazifangizni chin yurakdan bajarishingiz kerak. Bu Yahovadan, shuning uchun diqqatingizni birodar-u opa-singillaringizga qarating»,— dedi. O‘sha birodar aytgan gaplar tanishlarimiz juda kam va biz uchun hamma narsa yangi bo‘lgan mamlakatda tayyorlik ila do‘stlar orttirishimizga yordam berdi.
Paul: Ganadagi yangi ma’naviy oilamizni ham tezda yaxshi ko‘rib qoldik. U yerda Yahovaning Shohidlari juda ko‘p. Sadoqatli va kuchli imonga ega bo‘lgan yangi do‘stlarimizdan ko‘p narsalarni o‘rgandik. Ganada 13 yil xizmat qilganimizdan so‘ng yana bir kutilmagan o‘zgarish bo‘ldi. Bizdan sharqiy Afrikadagi Keniya filialida xizmat qilishni so‘rashdi. Oldingi vazifamizdagi do‘stlarimizni qattiq sog‘insak-da, Keniyadagi imondoshlarga ham shu zahoti bog‘lanib qoldik. Qolaversa, haliyam ehtiyoj katta bo‘lgan hududda xizmat qilyapmiz.
ORTGA QARAB
Enni: Yillar davomida juda qiyin va ba’zida qo‘rqinchli vaziyatlarni boshdan kechirdim. Xavfli yoki stressli vaziyatlar ham jismonan, ham hissan ta’sir qilishi mumkin. Ularning ta’siridan mo‘jizaviy tarzda himoyalanmaganmiz. Hozir ham o‘q ovozini eshitganimda oshqozonim og‘riydi va qo‘llarimni his qilmayman. Lekin Yahova bizni kuchli qilish uchun taqdim etadigan barcha narsaga, jumladan, birodar-u opa-singillarimizning ko‘magiga tayanishni o‘rgandim. Yana shuni tushundimki, shaxsiy tadqiq o‘tkazishda, ibodat qilishda yig‘ilishlarga borishda hamda va’zgo‘ylikda ishtirok etishda davom etsak, Yahova vazifamizda qolishimizga yordam beradi.
Paul: Ba’zilar: «Vazifangizni yaxshi ko‘rasizmi? — deb so‘rar. Balki mamlakatlar chiroylidir, ammo ular o‘zgaruvchan va xavfli bo‘lib qolishi mumkin. Biz qadrli birodar-u opa-singillarimizni — oilamizni har qanday joydan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rib qoldik. Kelib chiqishimiz turlicha bo‘lsa-da, Yahova haqidagi o‘y-fikrlarimiz va tuyg‘ularimiz bir xil. Biz «Ularga dalda berish uchun yuborilganmiz» deb o‘ylardik. Aslida esa ular bizga kuch berdi.
Har safar ko‘chganimizda zamonaviy mo‘jizani, ya’ni birodarligimizni ko‘ramiz. Jamoatning bir qismi ekanmiz, oilamiz va uyimiz bor. Shunga aminmizki, Yahovaga tayanishda davom etsak, nima yuz berishidan qat’i nazar, U bizga kuch beradi. (Filip. 4:13)
a Jon Charuk birodarimizning tarjimai holi «Qo‘riqchi minorasi»ning 1973-yil 15-mart (ingl.) sonida «Xudo va Masihdan minnatdorman» maqolasi ostida keltirilgan.