Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

TAVSIYA

Yaxshi muhit yarating

Yaxshi muhit yarating

Shaxsiy tadqiqingiz yanada ko‘proq foyda keltirishini istaysizmi? Quyidagi tavsiyalar shaxsiy tadqiq paytida fikringizni bir joyga jamlashingizga yordam berishi mumkin:

  • Joyingiz yoqimli bo‘lsin. Imkon bo‘lsa, tadqiq o‘tkazish uchun toza va yorug‘ joyni tanlang. Parta yo stol oldiga o‘tirishingiz yo bo‘lmasa tashqarida biron joyni tanlashingiz mumkin.

  • O‘zingiz yolg‘iz bo‘ling. Iso ibodat qilish uchun «hali qorong‘i paytda turib xilvat joyga» borgan. (Mark 1:35) Agar butkul yolg‘iz qolishning imkoni bo‘lmasa, uydagilaringizga qachon tadqiq o‘tkazishingiz haqida ayting va xalaqit qilmasliklarini so‘rang.

  • Diqqatingizni jamlang. Chalg‘ituvchi narsalardan qoching. Shaxsiy tadqiq o‘tkazish uchun telefon yoki planshetdan foydalansangiz, ularni ovozsiz yoki samolyot rejimiga o‘tkazing. Biron nima qilishingiz kerakligi to‘g‘risida o‘ylasangiz, esingizdan chiqib qolmasligi uchun yozib qo‘ying. Fikringizni jamlash qiyin bo‘lsa, sayr yoki mashq qilish uchun tanaffus qiling.