Kim sizni tan olishini istaysiz?
Alloh adolatsiz emas... Uning ismiga ko‘rsatgan sevgingizni hamda mehnatingizni unutmaydi. IBRON. 6:10
QO‘SHIQLAR: 4, 51
1. Har birimizda qanday tabiiy istak bor va bu nimani o‘z ichiga oladi?
TANISHINGIZ ismingizni eslay olmasa yoki eng yomoni sizni tanimasa, o‘zingizni qanday his qilasiz? Bu kayfiyatingizni tushirgan bo‘lardi. Nima uchun? Boisi, bizni tanishlarini istash tabiiydir. Qolaversa, bizni tanishlaridan ko‘proq narsani istaymiz. Ular biz qanday inson ekanimizni va nimalarga erishganimizni bilishlarini xohlaymiz. (Sah. 11:16; Ayub 31:6)
2, 3. Qay yo‘sin boshqalar bizni tan olishlarini istash noo‘rin xohishga aylanishi mumkin? (Ochqich oyatning yuqorisidagi rasmga qarang.)
2 Boshqa tabiiy istaklar singari bizni tan olishlarini istash, nomukammalligimiz tufayli o‘rinsiz xohishga aylanishi hech gap emas. Buning dastidan, bizni tan olishgani haqida ko‘pgina so‘zlarni eshitishni xohlaymiz. Shaytonning dunyosi mashhur bo‘lish va tan olinish kabi istaklarni alangalatadi. Bu esa haqiqiy sharaf va topinishga loyiq bo‘lgan samoviy Otamiz Yahovadan e’tiborimizni olib qochadi. (Vah. 4:11)
Luqo 20:46, 47) Bundan farqli ravishda, Iso ehtimol boshqalar ahamiyat bermagan ikki chaqa ehson qilgan kambag‘al beva ayolni maqtab o‘tgan. (Luqo 21:1–4) Ko‘rinib turibdiki, Isoning tan olinishga bo‘lgan nuqtai nazari boshqalarnikidan ancha farq qilgan. Ushbu maqolada Yahova ma’qul deb bilgan nuqtai nazarga ega bo‘lish haqida gap boradi.
3 Isoning davrida din rahbarlari tan olinishga nisbatan noto‘g‘ri nuqtai nazarda bo‘lgan. Shu bois, Iso izdoshlarini quyidagicha ogohlantirgan: «Ulamolardan ehtiyot bo‘linglar. Ular uzun kiyimda yurishni, bozor maydonlarida alik olishni, ibodatxonalarda yuqori o‘rinni egallashni va ziyofatlarda to‘rda o‘tirishni yaxshi ko‘rishadi». U davom etib shunday aytgan: «Bundaylar og‘irroq hukmga mubtalo bo‘lishadi». (ENG A’LO TAN OLINISH
4. Eng a’lo tan olinish qaysi va nima uchun?
4 Biz intilishimiz mumkin bo‘lgan eng a’lo tan olinish qaysi? Bu ilm-fan, biznes, san’at va sport sohalarida tanilishga intilish emas. Pavlus mazkur tan olinish borasida biz uchun yozib qoldirgan so‘zlar ustida fikr yuritib ko‘ring: «Endi esa Xudoni tanib-bilganingizda, to‘g‘rirog‘i, Xudo tomonidan tanilganingizda, sizlar yana o‘sha behuda, arzimas qonun-qoidalarga qaytib, ularning quliga aylanmoqchimisizlar?» (Galat. 4:9) Koinotning oliy Hukmdori «Xudo tomonidan tanilishimiz» naqadar ajoyib sharaf! U biz bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘lishga tayyor. Bir ilohiyotshunos aytganidek, biz «Uning diqqat-e’tiboridagi shaxsga aylanamiz». Yahova bizni biladi, sevadi. Uning do‘stlari bo‘lishimizni istaydi, zero aynan shu uchun yaratilganmiz. (Voiz 12:13, 14)
5. Xudo bizni tanib-bilishi uchun nima qilishimiz kerak?
5 Muso shunday sharafga sazovor bo‘lgan. U Yahovaga: «Menga O‘z yo‘llaringni ochib ber»,— deb iltijo qilganda, Yahova Musoga quyidagicha javob bergan: «Mening nazarimda iltifot topganing va seni yaxshi bilganim bois, so‘ragan bu narsalaringni ham bajaraman». (Chiq. 33:12–17) Shu singari, Yahova bizni ham shaxsan bilsa, ajoyib barakalarga ega bo‘lamiz. Xo‘sh, qay yo‘sin Yahova bizni shaxsan bilishi mumkin? Uni sevib, hayotimizni Unga bag‘ishlaganimizda bunga erisha olamiz. (1 Korinfliklarga 8:3 ni o‘qing.)
6, 7. Yahova bilan munosabatlarimizga nima putur yetkazishi mumkin?
6 Shuningdek, samoviy Otamiz bilan bo‘lgan qadrli munosabatlarimizni mustahkamlashimiz lozim. Pavlus maktub yo‘llagan Galatiyadagi masihiylar kabi, biz ham bu dunyodagi «behuda, arzimas qonun-qoidalarga» berilishdan, jumladan, bu dunyoda tan olinishdan qochishimiz zarur. (Galat. 4:9) Birinchi asrdagi bu masihiylar Xudo tomonidan tanilgan edi. Ammo Pavlus o‘sha imondoshlar yana behuda narsalarga qaytmoqchi ekani to‘g‘risida aytgan. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, Pavlus: «Shuncha masofani bosib o‘tgach, ortda qoldirgan befoyda va qadrsiz narsalarga qaytmoqchimisiz?» — deganday bo‘lgan.
7 Biz bilan ham shunday yuz berishi mumkinmi? Bo‘lishi mumkin. Yahovani ilk bor tanib-bilganimizda, Shaytonning dunyosida muhim sanalgan narsalardan Pavlus kabi voz kechgan bo‘lishimiz mumkin. (Filippiliklarga 3:7, 8 ni o‘qing.) Ehtimol, oliy ma’lumotli bo‘lish, ko‘p pul ishlash imkoniyatlaridan voz kechgandirmiz. Balki, musiqiy yoki jismoniy qobiliyatlarimiz tufayli mashhur va boy bo‘lishimiz mumkin edi, lekin ularning baridan yuz o‘girganmiz. (Ibron. 11:24–27) O‘sha dono qarorlarimizdan afsuslanib, agar ularni qo‘ldan boy bermaganimizda, hayotimiz yaxshiroq bo‘lardi deb o‘ylash donolikdan bo‘lmas edi. Zero, bunday fikrlash tarzi biz allaqachon voz kechgan bu dunyodagi «behuda, arzimas» narsalarga qaytishimizga sabab bo‘lishi mumkin.
QARORINGIZNI MUSTAHKAMLANG
8. Yahova bizni tan olishiga intilish qarorimizni nima mustahkamlaydi?
8 Bu dunyo emas, Yahova bizni tan olishiga intilish qarorimizni qay yo‘sin mustahkamlashimiz mumkin? Buning uchun ikkita muhim omilni yodda tutishimiz kerak. Birinchisi, Yahova Unga sadoqat bilan xizmat qiladiganlarni doim tan oladi. (Ibroniylarga 6:10 ni o‘qing; 11:6) U har bir xizmatchisini juda qadrlaydi va sadoqat ila xizmat qiladiganlarni nazarga ilmaslikni «adolatsiz»lik deb hisoblaydi. Yahova «kim Unga tegishli ekanini biladi». (2 Tim. 2:19) U «adolatli kishilarning yo‘llarini» va ularni sinovlardan qanday qutqarishni biladi. (Zab. 1:6; 2 Butr. 2:9)
9. Yahova xizmatchilaridan mamnunligini ko‘rsatgani borasida misollar keltiring.
9 Ba’zida, Yahova xizmatchilaridan mamnun ekanini o‘zgacha tarzda ko‘rsatgan. (2 Sol. 20:20, 29) Masalan, fir’avnning kuchli qo‘shini Yahovaning xalqini ta’qib qilganda, Yahova ularni Qizil dengizda qanday qutqargani haqda bir o‘ylab ko‘ring. (Chiq. 14:21–30; Zab. 106:9–11) Bu voqea shunchalik hayratlanarli bo‘lgan ediki, hatto 40 yil o‘tsa ham o‘sha yerdagi odamlar bu to‘g‘risida gapirib yurgan. (Yoshua 2:9–11) Yahova xizmatchilariga sevgisi va kuchini shu yo‘sin namoyon etganini yodda tutish bizga dalda baxsh etyapti. Chunki tez orada Mago‘g yurtidagi Go‘g tomonidan hujumga duch kelamiz. (Hiz. 38:8–12) O‘shanda dunyo emas, Yahova bizni tan olishiga intilganimizdan juda quvonamiz.
10. Yahova xizmatchilarini tan olishi borasida yana nimani unutmasligimiz kerak?
10 Yodda tutishimiz kerak bo‘lgan ikkinchi omil shuki, Yahova bizni tan olishini kutilmagan tarzda ayon qilishi mumkin. Odamlarga ko‘rinish uchun savob ishlar qiladigan kishilar Yahovadan mukofot olmaydi. Nega? Chunki Iso aytganiday, boshqalar ularni maqtaganda, ular mukofotini olib bo‘lgan. (Matto 6:1–5 ni o‘qing.) Lekin Isoning so‘zlariga ko‘ra, samoviy Otasi yaxshi ishlari uchun odamlardan olqish olmagan «yashirin bo‘lganlarni ko‘rib» turadi. Ularning harakatlari Yahovaning nazaridan chetda qolmaydi va U har bir kishiga ishiga yarasha qaytaradi. Shu bilan birga Yahova ba’zida bizni kutilmagan tarzda mukofotlaydi. Keling, bu borada ba’zi misollarni ko‘rib chiqaylik.
YAHOVA KAMTARIN AYOLGA UNI TAN OLISHINI O‘ZGACHA TARZDA KO‘RSATGAN
11. Yahova Maryamni tan olishini qanday ko‘rsatgan?
11 O‘g‘li dunyoga kelishi kerak bo‘lganida, Yahova bu o‘zgacha bolaning onasi bo‘lish uchun kamtarin va bokira qiz Maryamni tanladi. Maryam Quddus va ma’baddan uzoqda, uncha taniqli bo‘lmagan Nosira shahrida yashagan. (Luqo 1:26–33 ni o‘qing.) Nima uchun Maryam bunday sharafga loyiq deb topilgan? Farishta Jabroil Maryam «Allohning nazarida marhamat topganini» ayon qilgan. Keyinchalik Maryam qarindoshi Elisabet bilan gaplashganda ma’naviy inson ekanini ko‘rsatgan. (Luqo 1:46–55) Ha, Yahova Maryamni kuzatgan va sadoqati uchun kutilmaganda uni sharafga loyiq deb topgan.
12, 13. Iso tug‘ilgan paytda va 40 kun o‘tgach, ma’badga olib kelinganda Yahova uni tan olishini qanday ko‘rsatdi?
12 Iso dunyoga kelganda Yahova Quddusdagi va Baytlahmdagi hokimlaru boshqaruvchilarni buni bilish sharafiga sazovor deb topmagan. Yahova farishtalarini Baytlahmning yaqinida qo‘ylarni boqib yurgan oddiygina cho‘ponlarga yuborgan. (Luqo 2:8–14) Bu cho‘ponlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘rgani borgan. (Luqo 2:15–17) Iso shu yo‘sin sharafga sazovor bo‘lganidan Maryam va Yusuf rosa hayron qolgani aniq! Yahova tutgan va Iblis tutgan yo‘l o‘rtasidagi farq haqida mulohaza qilib ko‘ring. Shayton Isoni va uning ota-onasini yo‘qlash uchun munajjimlarni yuborganda, chaqaloq haqidagi xabardan Quddus aholisining tinchligi buzildi. (Mat. 2:3) Natijada, ko‘pgina beayb bolalar nobud bo‘ldi. (Mat. 2:16)
13 Isoning tug‘ilishidan qirq kun o‘tgach, Maryam Baytlahmdan taxminan 9 km uzoqlikda joylashgan Quddusdagi ma’badda Yahovaga atab qurbonlik keltirishi kutilardi. (Luqo 2:22–24) Maryam oilasi bilan yo‘lda ketar ekan, Isoning kelajakdagi o‘rni borasida ruhoniy biron belgi berishi haqida o‘ylagan bo‘lishi mumkin. Isoni sharafga loyiq deb topishdi, ammo bu, ehtimol Maryam kutgan tarzda bo‘lmagandir. Yahova Shimo‘n ismli «odil, xudotars kishi» va 84 yoshli payg‘ambar ayol Annadan foydalanib, bola va’da qilingan Masih ekanini ayon qildi. (Luqo 2:25–38)
14. Maryam Yahovadan qanday mukofot olgan?
14 Maryam haqida nima desa bo‘ladi? Isoni sadoqat ila boqqani va o‘stirgani uchun Yahova Maryamni tan olayotganini ko‘rsatishda davom etdimi? Bo‘lmasam-chi! Xudo Maryamni harakatlariyu so‘zlari Muqaddas Kitobda yozilishiga g‘amxo‘rlik qildi. Aftidan, Maryam Isoning uch yarim yillik xizmati davomida u bilan birga hamkorlik qila olmagan. Ehtimol, beva bo‘lgani uchun u Nosirada qolishi kerak edi. Garchi u ko‘pgina qiziqarli voqealarni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, Isoning o‘limi paytida uning yonida bo‘la olgan. (Yuhan. 19:26) Keyinchalik Hosil bayramida shogirdlarning ustiga muqaddas ruh tushishidan avval ham Maryam Quddusda shogirdlar bilan birga edi. (Havor. 1:13, 14) U ham boshqa shogirdlar singari moylangan. Bu Maryamga abadulabad samoda Isoning yonida bo‘lish imkoni berilganini anglatadi. Ha, bu uning sadoqat ila bajargan xizmati uchun ajoyib mukofot!
YAHOVA O‘G‘LINI TAN OLISHINI KO‘RSATDI
15. O‘g‘li yer yuzida bo‘lganida Yahova undan mamnun ekanini qanday ko‘rsatgan?
15 Iso o‘z davridagi din ulamolariyu siyosiy rahbarlardan sharaf izlamagan. Ammo Yahova uch marta samodan gapirib, Isoni tan olishini ko‘rsatgani unga dalda baxsh etgani aniq. Iso Iordan daryosida suvga cho‘mishi bilan Yahova quyidagicha degan: «Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, undan mamnunman». (Mat. 3:17) Ehtimol, faqatgina Yahyo buni eshitgan bo‘lishi mumkin. So‘ng Isoning o‘limidan deyarli bir yil avval havoriylardan uchtasi Yahova Iso haqida aytgan gaplarni eshitdi: «Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, undan mamnunman. Unga quloq solinglar». (Mat. 17:5) Nihoyat, Isoning o‘limidan atigi bir necha kun burun Yahova osmondan unga gapirgan. (Yuhan. 12:28)
16, 17. Qay yo‘sin Yahova Isodan mamnun ekanini kutilmagan tarzda ko‘rsatdi?
16 Garchi Iso sharmandalarcha o‘ldirilishini va kufr so‘zlarini aytdi deya tuhmat qilishlarini bilgan bo‘lsa-da, Yahovaga Uning irodasi bajo bo‘lishini so‘rab ibodat qilgan. (Mat. 26:39, 42) U «sharmanda bo‘lishiga qaramay, azob ustunidagi o‘limga chidab», dunyo emas, Otasi uni tan olishiga intilgan. (Ibron. 12:2) Yahova uni tan olishini qanday ko‘rsatdi?
17 Iso yer yuzida bo‘lganida oldinlari osmonda Otasining oldida ega bo‘lgan sharafli o‘rinni egallash istagi borligini bildirgan. (Yuhan. 17:5) Iso bundan ortig‘ini istagani haqida Muqaddas Kitobning hech qayerida aytilmagan. U samoda o‘zgacha «yuksalishni» kutmagan. Ammo Yahova nima qildi? U Isoni tiriltirganda uni yanada «yuksaltirib», hali hech kim ega bo‘lmagan mukofotga — o‘lmaslikka * sazovor qilish orqali undan mamnun ekanini o‘zgacha tarzda ko‘rsatdi. (Filip. 2:9; 1 Tim. 6:16) Iso sadoqatli qolgani uchun Yahova unga naqadar ajoyib mukofot ato etdi!
18. Bu dunyo emas, Yahova bizni tan olishiga intilishimizga nima yordam beradi?
18 Bu dunyo emas, Yahova bizni tan olishiga intilishimizga nima yordam beradi? Shuni yodda tutingki, Yahova sadoqatli xizmatchilarini doim tan oladi. Qolaversa, U ko‘pincha kutilmagan tarzda mukofotlaydi. Kim bilsin, kelajakda biz uchun qanday kutilmagan barakalar tayyorlab qo‘yilgan?! Hozircha bu yovuz dunyodagi qiyinchiliklaru sinovlarda bardoshli bo‘lar ekanmiz, bu dunyo o‘tib ketishini unutmaylik. Bu dunyoda tan olinish ham ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. (1 Yuhan. 2:17) Mehribon Otamiz Yahova «adolatsiz emas», chunki U Uning ismiga ko‘rsatgan sevgimizni hamda mehnatimizni unutmaydi. (Ibron. 6:10) Ha, Yahova ehtimol hatto biz kutmagan tarzda iltifot ko‘rsatadi.
^ 17- x.b. Aftidan, bu kutilmagan baraka bo‘lgan. Chunki Ibroniycha yozuvlarda o‘lmaslik haqida aytilmagan.