STRESSDAN OZOD BO‘LISH
Stressga nima sabab bo‘ladi?
Taniqli Mayo klinikasi shunday xabar qiladi: «Katta yoshdagi ko‘plab odamlarning aytishicha, ular ortib borayotgan stressni o‘zlarida his qilishyapti. Zamonaviy hayot o‘zgarishlar va kutilmagan vaziyatlarga to‘la». Stressga sabab bo‘layotgan ayrim o‘zgarishlar va kutilmagan vaziyatlarni ko‘rib chiqaylik:
-
ajralish
-
yaqin insonning vafoti
-
og‘ir kasallik
-
baxtsiz hodisalar
-
jinoyat
-
jadal hayot tarzi
-
tabiiy yoki insonlar dastidan yuzaga keladigan ofatlar
-
maktabdagi yoki ishdagi bosim
-
ish va moliyaviy farovonlik haqida tashvishlanish