Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALG‘OV-DALG‘OV DUNYODA

4 Umidingizni mahkam ushlang

4 Umidingizni mahkam ushlang

NEGA BU MUHIM?

Dunyo alg‘ov-dalg‘ov bo‘layotgani dastidan yuzaga kelayotgan tashvishlar odamlarning jismoniy va hissiy holatiga zarar yetkazyapti. Shu bois, vaziyat yaxshilanishiga ko‘pchilikning ko‘zi yetmayapti. Bu ularga qanday ta’sir qilyapti?

  • Ayrimlar kelajak haqida umuman o‘ylashni istamayapti.

  • Boshqalar tashvishlarni unutish uchun spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalarga ruju qo‘yyapti.

  • Kimlardir esa yashashdan ma’no yo‘q, deb joniga qasd qilish haqida o‘ylayapti.

Nimani bilishingiz kerak?

  • Siz duch kelayotgan ba’zi muammolar vaqtinchalik bo‘lishi va kutilmaganda yechim topishi mumkin.

  • Hatto vaziyatingiz o‘zgarmasa ham, unga bardosh qilishingizga ko‘maklashadigan qadamlar qo‘ya olasiz.

  • Muqaddas Kitob haqiqiy umid baxsh etyapti, ya’ni insoniyat muammolari uzil-kesil bartaraf qilinishiga ishontiryapti.

Hozir nima qila olasiz?

Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Ertangi kun uchun tashvishlanmanglar, chunki ertangi kunning o‘z tashvishlari bo‘ladi. Har bir kunning o‘ziga yarasha muammolari bor». (Matto 6:34)

Bugungi kun bilan yashang. Ertangi kun haqidagi tashvishlar sizni bugun bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlardan chalg‘itishiga yo‘l qo‘ymang.

Hali yuz bermagan narsalar borasida tashvishlanish stress kuchayishiga va kelajakka bo‘lgan umidingiz so‘nishiga olib kelishi mumkin.

Muqaddas Kitob bizga haqiqiy umid bera oladi

Xudoning qadimda yashagan bir xizmatchisi shunday ibodat qilgan: «Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir, yo‘limni yoritadigan nurdir». (Zabur 119:105) Keling, Allohning Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitob qaysi ma’noda chiroq va nur bilan o‘xshash ekanini ko‘rib chiqaylik.

Qorong‘i kechada chiroq qayerga yurish kerakligini ko‘rishimizga yordam beradi. Shu kabi Muqaddas Kitobdagi amaliy donolik ham qiyin vaziyatda to‘g‘ri qaror chiqarishimizga ko‘maklashadi.

Nur yo‘limizni yoritgani tufayli oldinda nima borligini ko‘ra olamiz. Shu singari Muqaddas Kitob ham kelajakda bizni nima kutayotganini bilishga yordam beradi.