Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yaxshi kunlar ostonasida!

Yaxshi kunlar ostonasida!

Yaxshi kunlar ostonasida!

«Yana bir ozdan so‘ng yovuzlar yo‘q bo‘ladi... Kamtar kishilar esa yer yuziga egalik qiladi, ular tinchlik-xotirjamlikda umr kechirib, behad shod bo‘ladi» (ZABUR 37:10, 11)

YUQORIDAGI bashorat amalga oshishini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishni istaysizmi? Shubhasizki istaysiz. Chunki aytilganlar yaqinda yuz berishiga ishonish uchun asosli sabablar bor.

Oldingi maqolalarda biz «oxirzamonda» yashayotganimizni aniq ko‘rsatuvchi Muqaddas Kitobdagi ba’zi bashoratlarni ko‘rib chiqqan edik. (2 Timo‘tiyga 3:1–5) Xudo Muqaddas Kitob yozuvchilarini o‘sha voqealar to‘g‘risida yozib qoldirishga ilhomlantirgan edi, toki biz ularni o‘qib umidga ega bo‘laylik. (Rimliklarga 15:4) Bashoratlarning amalga oshishi, hozir boshimizga tushayotgan bu ko‘rgiliklar yaqinda bo‘lmasligini anglatadi.

Oxirzamondan keyin nima yuz beradi? Xudoning Shohligi butun insoniyat ustidan boshqaradi. (Matto 6:9) Muqaddas Kitobda sayyoramizda qanday sharoitlar bo‘lishi haqida nima deyilganiga bir qarang:

Ochlik bo‘lmaydi. «Yer yuzida g‘alla mo‘l bo‘ladi, tog‘lar tepasida don serob bo‘ladi». (Zabur 72:16)

Kasalliklar bo‘lmaydi. «Hech kim: “Men kasalman”,— demaydi». (Ishayo 33:24)

Sayyoramiz yangilanadi. «Sahro va qaqragan yer quvonadi, dasht-biyobon shodlanib, za’faron kabi gullaydi». (Ishayo 35:1)

Bu, yaqinda amalga oshadigan Muqaddas Kitobdagi bir nechta daldali bashorat, xolos. Yahovaning Shohidlaridan nega ular yaxshi kunlar kelishiga shunchalik amin ekanini so‘rang.