1-DARS
Muqaddas Kitob sizga qanday yordam berishi mumkin?
Deyarli barchamizda hayot, azob-uqubatlar, o‘lim va kelajak borasida savollar tug‘iladi. Bundan tashqari, pul topish yoki oilamizni baxtli qilish kabi kundalik tashvishlar haqida o‘ylaymiz. Ko‘p odamlarning fikricha, Muqaddas Kitob * ularga hayotidagi muhim savollarga javob topishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, bu kitob yordamida ular kundalik hayot uchun amaliy maslahatlarga ega bo‘lmoqda. Darhaqiqat, har bir kishi Muqaddas Kitobdan foyda olishi mumkin, shunday emasmi?
1. Muqaddas Kitobdan qaysi savollarning javobini topsa bo‘ladi?
Muqaddas Kitobda quyidagi muhim savollarning javobi bor: «Hayot qanday paydo bo‘lgan? Hayotning mazmuni nimada? Nega beayb odamlar azob chekyapti? Odam o‘lganidan keyin nima bo‘ladi? Agar hamma tinchlikni istasa, nega urushlar bo‘lyapti? Yer yuzi bilan kelajakda nima bo‘ladi?» Muqaddas Kitob bizni bu kabi savollarga javob izlashga undayapti va millionlab insonlar ularga topgan javobidan mamnun.
2. Qay yo‘sin Muqaddas Kitob yordamida kundalik hayotdan zavq olishimiz mumkin?
Muqaddas Kitobda yaxshi maslahatlar bor. Masalan, oilalar qanday qilib chinakamiga baxtli bo‘lishi to‘g‘risida yozilgan. Qolaversa, stress bilan qanday kurashish va ishimizdan qay yo‘sin mamnuniyat topishimiz haqida maslahatlar bor. Ushbu kitobni birga tadqiq qilar ekanmiz, mazkur mavzular borasida Muqaddas Kitobda nima deyilganini va yana ko‘p narsani bilib olasiz. «Muqaddas Yozuvlarning hammasi... foydali» ekaniga qo‘shilsangiz kerak. (2 Timo‘tiyga 3:16)
Bu adabiyot Muqaddas Kitobning o‘rnini qoplamaydi. Ammo uning yordamida Muqaddas Kitobni o‘zingiz uchun tadqiq qila olasiz. Shu bois, darslarda keltirilgan oyatlarni o‘qishga va ularni bilib olayotganlaringiz bilan solishtirishga undaymiz.
KO‘PROQ BILIB OLING
Qay yo‘sin Muqaddas Kitob odamlarga ko‘maklashayotgani, qanday qilib uni o‘qish sizga zavq keltirishi va nega uni tushunish uchun yordam olish yaxshi bo‘lishini bilib oling.
3. Muqaddas Kitob bizni yo‘naltiradi
Muqaddas Kitobni yorqin nurga o‘xshatsa bo‘ladi. Undan foydalanib qay yo‘sin to‘g‘ri qarorlar chiqarishimiz va kelajakda nima yuz berishi mumkinligini bilib olamiz.
Zabur 119:105 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Mazkur sanoning bastakori Muqaddas Yozuvlar haqida qanday fikrda bo‘lgan?
-
Muqaddas Kitob borasida qanday fikrdasiz?
4. Muqaddas Kitobdan savollarimizga javob olishimiz mumkin
Bir ayol uni ko‘p yillar mobaynida o‘ylantirib kelgan savollariga Muqaddas Kitobdan javob topdi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Bu ayolni qanday savollar qiziqtirgan?
-
Muqaddas Kitobni tadqiq qilish unga qanday ko‘maklashgan?
Muqaddas Kitob bizni savollar berishga undayapti. Matto 7:7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Qaysi savollaringizga Muqaddas Kitob yordamida javob topa olasiz?
5. Muqaddas Kitobni o‘qish sizga zavq keltirishi mumkin
Ko‘p odamlar Muqaddas Kitobni o‘qishni yaxshi ko‘radi va bundan foyda oladi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:
-
Yoshlar umuman olganda o‘qish haqida qanday fikrda?
-
Nega hozir ular Muqaddas Kitobni o‘qishga boshqacha qaraydi?
Muqaddas Kitobga ko‘ra, tasalli va umid baxsh etuvchi yo‘l-yo‘riqlarni qayerdan topa olamiz? Rimliklarga 15:4 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Muqaddas Kitobda va’da qilingan tasalli va umid haqida bilishni xohlarmidingiz?
6. Boshqalar Muqaddas Kitobni tushunishimizga yordam berishi mumkin
Muqaddas Kitobni shaxsan o‘qishdan tashqari, ko‘plar u yerda yozilgan fikrlarni boshqalar bilan muhokama qilish foydali ekaniga amin bo‘ldi. Havoriylar 8:26–31 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:
-
Muqaddas Kitobni qanday qilib tushuna olamiz? (30-, 31-oyatlarga qarang.)
BA’ZILARNING FIKRI: «Muqaddas Kitobni o‘rganish vaqtni bekorga sarflashdir».
-
Siz nima deb o‘ylaysiz? Nega?
XULOSA
Muqaddas Kitobda kundalik hayot uchun maslahatlar va muhim savollarning javobi yozilgan bo‘lib, odamlarga tasalli hamda umid baxsh etadi.
Takrorlash
-
Muqaddas Kitobdan qanday maslahatlarni topishimiz mumkin?
-
Muqaddas Yozuvlardan qaysi savollarning javobini topa olamiz?
-
Muqaddas Kitobdan nimalarni bilib olishni xohlardingiz?
QO‘SHIMCHA MANBALAR
Muqaddas Kitobdagi maslahatlar biz uchun amaliy ekaniga e’tibor bering.
«Muqaddas Kitob amaliy maslahatlar manbai» («Qo‘riqchi minorasi» № 1 2018)
Muqaddas Kitob bir kishiga bolaligidan qiynab kelgan his-tuyg‘ulari bilan kurashishga qanday ko‘maklashganini bilib oling.
Oilaviy hayot uchun foydali bo‘ladigan Muqaddas Kitobdagi maslahatlarga diqqat qarating.
Bu dunyoni aslida kim boshqarayotgani haqidagi noto‘g‘ri fikrlar borasida Muqaddas Kitobda nima deb yozilganiga nazar soling.
«Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak?» — To‘liq variant (3:14)
^ 3- x.b. Muqaddas Kitob Tavrot, Zabur va Injilni o‘z ichiga oladi.