Kelajak borasida qanday fikrdasiz?
Dunyomizning ahvoli...
-
o‘zgarmaydi
-
yomonlashadi
-
yaxshilanadi
MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?
«Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi. Zero avvalgilar o‘tib ketdi». (Vahiy 21:4, «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»)
BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?
Mazmunli va qoniqarli ish. (Ishayo 65:21–23)
Hech qanday kasallik va azob-uqubat bo‘lmasligi. (Ishayo 25:8; 33:24)
Oila a’zolar va do‘stlar bilan birgalikda baxtiyor va abadiy hayot kechirish. (Zabur 37:11, 29)
MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?
Albatta, buning kamida ikkita sababi bor:
-
Xudo bu bashoratni amalga oshirishga qodir. Muqaddas Kitobda yagona Alloh Yahova «Qodir Tangri» deb ataladi va U cheksiz qudratga ega. (Vahiy 15:3) Dunyomizni yaxshi tomonga o‘zgartirishga faqat Uning qurbi yetadi. Zero Muqaddas Kitobda: «Tangri uchun imkonsiz narsa yo‘q»,— deb aytilgan. (Matto 19:26)
-
Xudo O‘z va’dasini amalga oshirishni istaydi. Masalan, Yahova o‘lgan kishilarni hayotga qaytarishga mushtoq. (Ayub 14:14, 15)
Shuningdek Muqaddas Kitobda, Allohning azizi bo‘lmish Iso alayhissalom kasallarga shifo bergani haqida bayon etilgan. U nima uchun bunday qilgan? Chunki u buni istardi. (Mark 1:40, 41) Hazrati Iso, Xudoning boshqalarga yordam berish istagini yaqqol namoyon qilgan. (Yuhanno 14:9)
Shunga amin bo‘lishimiz mumkinki, ham Allohimiz Yahova, ham Hazrati Iso kelajakda baxtli bo‘lishimizga yordam berishni istaydi! (Zabur 72:12–14; 145:16; 2 Butrus 3:9)
BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING
Xudo dunyomizni qanday qilib yaxshi tomonga o‘zgartiradi?
Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning MATTO 6:9-, 10- va DONIYOR 2:44-oyatidan topasiz.