Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

QIZIQISHNI RIVOJLANTIRISH

9-DARS 

Hamdardlik

Hamdardlik

Prinsip: «Sevinayotganlar bilan sevininglar, yig‘layotganlar bilan yig‘langlar». (Rim. 12:15)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Mark 6:30–34 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Nima uchun Iso va uning havoriylari «yolg‘iz qolish»ni istashgan?

  2. b) Xaloyiqqa ta’lim berishga Isoni nima undagan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Hamdardlik bizni nafaqat insonlarga xushxabarni yetkazishga, balki ularga g‘amxo‘rlik qilishga undaydi.

Isoga taqlid qiling

3. Diqqat bilan tinglang. Kishi fikrini bemalol aytishiga imkon bering. U his-tuyg‘ulari va tashvishlarini aytayotganda yoki e’tiroz bildirayotganda gapini bo‘lmang yoki o‘zingizni eshitmaganga olmang. Uni diqqat bilan tinglab fikrlariga befarq emasligingizni ko‘rsatasiz.

4. Qiziquvchi haqida o‘ylang. Suhbatingizni e’tiborga olgan holda, o‘zingizga quyidagi savollarni bering:

  1. a) «Nima uchun u haqiqatni eshitishga muhtoj?»

  2. b) «Qanday qilib Muqaddas Kitob tadqiqi uning kundalik hayoti va kelajagini yaxshilay olishi mumkin?»

5. U uchun amaliy bo‘lgan ma’lumot bilan bo‘lishing. Unga imkon qadar ertaroq qay yo‘sin Muqaddas Kitob tadqiqi savollariga javob berishi hamda amaliy yordam bera olishini ko‘rsating.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: