Asosiy materiallarga o‘tish

Oilaviy baxtning siri nimada?

Oilaviy baxtning siri nimada?

Siz shunday o‘ylashingiz mumkin:

  • sevgi

  • pul

  • boshqa biror narsa

MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?

«Tangrining kalomini tinglab, uni bajo keltirganlar baxtlidir!» (Luqo 11:28, «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»)

BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?

Haqiqiy sevgini topish. (Efesliklarga 5:28, 29)

Hurmat-ehtiromdan quvonish. (Efesliklarga 5:33)

Xavfsizlikka ega bo‘lish. (Mark 10:6–9)

MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?

Albatta, buning kamida ikkita sababi bor:

  • Xudovand oilaning Asoschisidir. Muqaddas Kitobga ko‘ra, «har bir oila Undan [Tangri Yahovadan] nom olgan». (Efesliklarga 3:14, 15) Boshqa so‘zlar bilan aytganda, oilaga Yahova asos solgani uchun, bu kabi tuzum mavjud. Nima uchun bu muhim ahamiyatga ega?

    Misol: bir taomni tatib ko‘rganingizda sizga yoqqani uchun, u qanday masalliqlardan tayyorlanganini kimdan so‘raysiz? Albatta uni tayyorlagan kishidan.

    Shunga o‘xshab, oilaviy baxtning sirini bilish uchun, oilaga asos solgan Tangri Yahovaga murojaat qilsak yaxshi bo‘ladi. (Ibtido 2:18–24)

  • Xudo sizga g‘amxo‘rlik qilyapti. Kalomda yozilgan Yahovaning maslahatlariga rioya qilib, oilalar oqilona yo‘l tutishadi. Nega? «Chunki U sizlarga g‘amxo‘rlik qiladi»,— deb yozilgan Injilda. (1 Butrus 5:6, 7) Tangri Yahova manfaatingizni ko‘zlaydi va Uning maslahatlari hamisha qo‘l keladi! (Hikmatlar 3:5, 6; Ishayo 48:17, 18)

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING

Qanday qilib siz yaxshi er, xotin, ota yoki ona bo‘lishingiz mumkin?

Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning EFESLIKLARGA 5:1-, 2- va KOLOSALIKLARGA 3:18–21-oyatlaridan topasiz.