Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

22- DARS

Filialda qanday ishlar bajariladi?

Filialda qanday ishlar bajariladi?

Solomon orollari

Kanada

Janubiy Afrika

Baytil oilasi a’zolari turli bo‘limlarda mehnat qilib, bitta yoki bir nechta mamlakatda va’zgo‘ylik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashadi. Masalan, ular tarjima guruhlarida xizmat qilishadi, jurnallar bosib chiqarishadi, kitoblarni muqovalashadi, adabiyotni omborga qo‘yishadi, audio-video mahsulotlarni ishlab chiqarishadi va boshqa muhim ishlarni bajarishadi.

Filial qo‘mitasi va’zgo‘ylik faoliyatini nazorat qiladi. Yetakchi kengash va’zgo‘ylik ishini uchta yoki undan ko‘proq tajribali oqsoqollardan iborat Filial qo‘mitasiga ishonib topshirgan. Ushbu qo‘mita o‘z nazorati ostida bo‘lgan hududdagi va’zgo‘ylik faoliyati qanday olib borilayotganidan hamda qanday muammolar yuz berayotganidan Yetakchi kengashni xabardor qiladi. Bunday xabarlar Yetakchi kengashga kelajakda adabiyotlarda, yig‘ilishlaru anjumanlarda qanday mavzular ko‘rib chiqilishi kerakligini hal qilishga yordam beradi. Yetakchi kengash vakillari muntazam ravishda filiallarga tashrif buyurishadi. Ular Filial qo‘mitasi a’zolariga yo‘l-yo‘riqlar berib, vazifalarini bajarishlariga ko‘maklashadi. (Hikmatlar 11:14) Shuningdek, filialda mehnat qiluvchilarga dalda berish uchun Bosh idora vakili kelganda o‘zgacha bir dastur uyushtiriladi, shu jumladan, u nutq ham so‘zlaydi.

Mahalliy jamoatlarga ko‘mak beradi. Filialdagi mas’ul birodarlar yangi jamoatlarning tashkil qilinishini tasdiqlashadi. Shuningdek, bu birodarlar hududdagi kashshoflarning, to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar hamda tuman nozirlarining faoliyatini boshqarishadi. Boz ustiga, ular anjumanlarni tashkillashtirishadi, yangi Yig‘ilish zallarining qurilishini va ehtiyojga qarab jamoatlarga adabiyot yuborilishini nazorat qilishadi. Filialdagi barcha ishlar va’zgo‘ylik ishini tartibli ravishda bajarish uchun qilinadi. (1 Korinfliklarga 14:33, 40)

  • Filial qo‘mitasi Yetakchi kengashga qanday yordamlashadi?

  • Filialda qanday muhim ishlar bajariladi?