1 Timo‘tiyga 2:1-15

  • Turli odamlar uchun ibodat qilish (1–7)

    • Xudo yagona, vositachi ham yagonadir (5)

    • Hamma uchun munosib to‘lov (6)

  • Erkaklar va ayollar uchun yo‘l-yo‘riqlar (8–15)

    • Or-nomus bilan kiyinish (9, 10)

2  Avvalambor, men hammani turli insonlar uchun iltijolar, ibodatlar, o‘tinchlar va shukronalar aytishga undayman.  Ha, bundan buyon ham har sohada xudojo‘ylik va jiddiylik bilan sokin hayot kechirishimiz uchun+ podshohlar va yuqori mavqega ega kishilar uchun ibodat qilinglar+.  Bunday yo‘l tutish Qutqaruvchimiz Allohning+ nazarida yaxshi va yoqimlidir.  Chunki U har turli odamlar haqiqat to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lib, najot topishlarini istaydi+.  Xudo yagona+ va Xudo bilan insonlar orasidagi+ vositachi ham yagonadir+. Bu odam Iso Masihdir+.  U o‘zini hamma insonlar uchun munosib to‘lov sifatida berdi+. Vaqti kelganda bu haqda shohidlik berilishi lozim.  Aynan shu shohidlik uchun+, men boshqa xalqlarga+ imon hamda haqiqatni o‘rgatish maqsadida voiz va havoriy etib tayinlanganman+. Men rostini aytyapman, aldayotganim yo‘q.  Shu sababli, sizlar birgalikda yig‘iladigan joylarda Xudoga sadoqatli erkaklar qo‘llarini ko‘tarib+, g‘azab+ va bahslarsiz+ ibodat qilishlarini xohlayman.  Xuddi shunday, ayollar ham o‘zlarini turli xil o‘rilgan sochlar, oltin, marvaridlar va qimmatbaho liboslar bilan emas, balki munosib kiyim, or-nomus va fahm-farosat bilan+, 10  xudotars ayollarga munosib ravishda+, xayrli ishlari bilan bezashlarini istayman. 11  Ayol to‘la itoatkorlik bilan+ sukut saqlashni o‘rgansin. 12  Ayollarga ta’lim berishga ham, erkaklar ustidan hukmronlik qilishga ham ruxsat etmayman, aksincha, ular sukutda bo‘lsinlar+. 13  Chunki avval Odamato, keyin Momohavo yaratilgan+. 14  Bundan tashqari Odamato emas, balki xotin aldangan+. U tamomila yolg‘onga berilib, gunohga qo‘l urgan. 15  Biroq xotinlar fahm-farosat bilan+ imonini, sevgisini va muqaddasligini saqlashsagina, ona bo‘lish ularni himoyalaydi+.

Izohlar