1 Yuhanno 3:1-24
3 Qaranglar, Allohning bolalari deya nomlanishimiz uchun+ Ota bizga qanday sevgi namoyon etgan+ va biz chindan ham Uning farzandlarimiz. Dunyo Xudoni tanib-bilmagani sababli+ bizni ham bilmaydi+.
2 Azizlarim, biz endi Allohning farzandlarimiz+, ammo kelajakda qanday bo‘lishimiz hali noaniq+. Faqat shuni bilamizki, Xudo oshkor bo‘lganda, Unga o‘xshagan bo‘lamiz, chunki U qanday bo‘lsa Uni shundayligicha ko‘ramiz.
3 Unga umid bog‘lagan har kim o‘zini u kabi pok qiladi+.
4 Gunoh qiluvchi har bir kishi qonunsizlarcha yo‘l tutadi, shuning uchun gunoh qonunsizlikdir.
5 Shuningdek, Iso gunohlarimizni bartaraf qilish uchun kelganini* bilasizlar+, unda esa gunoh yo‘q.
6 U bilan birlikda bo‘lgan hech kim gunoh qilmaydi+. Gunoh qiluvchi esa uni na ko‘rgan, na tanib-bilgan.
7 Aziz bolalar, sizlarni hech kim yo‘ldan adashtirmasin. Adolatli yo‘l tutuvchi kishi Iso singari odildir.
8 Gunoh qiluvchi esa Iblisdandir, chunki Iblis boshidan gunoh qilib kelmoqda+. Xudoning O‘g‘li esa Iblisning ishlarini barbod qilish niyatida kelgan+.
9 Xudoning farzandi gunoh qilib yurmaydi+, sababi unda Allohning muqaddas ruhi* bor. Allohning farzandi bo‘lgani uchun+ u gunoh qila olmaydi.
10 Xudoning va Iblisning bolalarini shundan bilsa bo‘ladi: to‘g‘ri ish qilib yurmaydigan va birodarini sevmaydigan, Allohdan emas+.
11 Boshidan sizlar eshitgan xabar quyidagichadir: bir-birimizni sevishimiz darkor+.
12 Shaytonning* farzandi hisoblangan va ukasini o‘ldirgan Qobilga o‘xshamaylik+. Nima uchun u ukasini o‘ldirdi? Chunki uning ishlari qabih+, ukasiniki esa adolatli edi+.
13 Birodarlarim, dunyo sizlardan nafratlansa hayron qolmanglar+.
14 Biz o‘lim holatidan hayotga o‘tganimizni bilamiz+, chunki biz birodarlarni sevamiz+. Birodarlarni sevmaydigan esa o‘lim holatidadir+.
15 Birodaridan nafratlanadigan har bir kishi qotil+. Hech bir qotil esa abadiy yashamasligi sizlarga ayondir+.
16 Iso Masih bizlar uchun jonini* bergani tufayli muhabbat nima ekanini bilib oldik+. Shunday ekan, biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni berishga burchlimiz+.
17 Agar kimdir farovon hayot kechirib, birodarini muhtojlikda ko‘rsa-yu, unga rahm qilishdan bosh tortsa, qanaqasiga u Xudoni sevaman deya oladi?+
18 Sevikli bolalarim, bir-birimizni so‘z yoki til bilangina emas+, balki amalda+ va samimiylik ila+ sevishimiz kerak.
19 Shu tariqa haqiqat tarafida ekanimizni bilib olamiz. Hatto qalblarimiz bizni ayblasa ham,
20 qalblarimizni Uning sevgisiga ishontiramiz. Zero Xudo qalbimizdan ulug‘ va Unga har narsa ayon+.
21 Azizlarim, agar qalblarimiz bizni ayblamasa, Alloh bilan bemalol gaplasha olamiz+.
22 Undan nimaiki so‘rasak, U beradi+. Chunki Uning amrlarini bajarib, nazarida ma’qul bo‘lgan ishlarni qilyapmiz.
23 Uning amri quyidagichadir: O‘g‘li Iso Masih nomiga ishonib+, u bizga buyurganidek bir-birimizni sevishimiz lozim+.
24 Uning amrlariga rioya etgan u bilan birlikda, u ham bunday kishi bilan birlikda bo‘ladi+. U bilan birlikda ekanimizni+ esa bizga ato etgan ruhi yordamida bilib olyapmiz.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «oshkor bo‘lganini».
^ So‘zma-so‘z «urug‘i».
^ So‘zma-so‘z «Yovuzning».
^ Yoki «hayotini».