2 Timo‘tiyga 2:1-26
2 Shunday qilib, ey o‘g‘lim+, Iso Masih bilan birlikda bo‘lganlarga Xudo ko‘rsatadigan inoyat orqali kuchga to‘lib,
2 ko‘p guvohlar oldida mendan eshitgan narsalarni+, boshqalarga ta’lim berishga munosib bo‘ladigan ishonchli insonlarga ham yetkaz.
3 Iso Masihning yaxshi askari sifatida+ boshingga tushgan qiyinchiliklarga dosh ber+.
4 Hech bir askar uni harbiy xizmatga qabul qilgan kishiga yoqishni istasa, savdo-sotiq* bilan band bo‘lmaydi.
5 Buning ustiga, agar kimdir musobaqalarda qatnashib qoidalar bo‘yicha bellashmasa, tojni olmaydi+.
6 Mehnatsevar dehqon mevani birinchi bo‘lib tatib ko‘rishi kerak.
7 Aytayotganlarim haqida doim fikr yurit. Rabbimiz esa senga har narsada tushuncha ato etadi.
8 Men va’z qilayotgan xushxabarga binoan+, Iso Masih tirilganini+ va Dovudning zurriyoti*+ bo‘lganini yodingda tut.
9 Shu xushxabar uchun men xuddi jinoyatchi kabi zanjirband bo‘lib+, qiyinchiliklarni boshdan kechiryapman. Ammo Xudoning kalomi zanjirband emas+.
10 Shuning uchun, tanlanganlar haqqi men hamma narsaga dosh beryapman+. Toki ular ham Iso Masih orqali najot bilan birga abadiy shon-sharafga erishsinlar.
11 Ushbu so‘zlar ishonchga loyiq: agar birgalikda o‘lgan bo‘lsak, unda birgalikda yashaymiz ham+.
12 Agar bardoshli bo‘lsak, birgalikda shohlik ham qilamiz+. Bordi-yu, yuz o‘girsak, u ham bizdan yuz o‘giradi+.
13 Mabodo biz sadoqatsiz bo‘lsak, Xudo sadoqatli bo‘lib qoladi, chunki U O‘zidan voz kecha olmaydi.
14 Bu haqda ularga eslatib, so‘zlar dastidan bahslashmaslik uchun Tangri oldida ularga yo‘l-yo‘riq ber. Zero bu bahslar mutlaqo befoyda bo‘lib, tinglovchilarga ziyon keltiradi.
15 O‘zingni Allohga maqbul, haqiqat kalomini to‘g‘ri yetkazadigan+, Uning ishini bajarib uyatga qolmaydigan ishchi sifatida taqdim etish uchun imkon boricha harakat qil.
16 Muqaddas narsalarni bulg‘aydigan quruq gaplardan chetda yur+. Chunki bunday gaplarni aytadigan kishilar Xudodan tobora uzoqlashib ketishadi.
17 Ularning so‘zlari butun tanada tarqalib ketayotgan yara* kabidir. Imeney va Filit ular qatoridadir+.
18 Bu odamlar tirilish allaqachon bo‘lgan deb+, haqiqatdan yuz o‘girishgan va ayrimlarning imonini barbod qilishmoqda.
19 Har holda Tangri asos solgan poydevor mustahkam turibdi va unda shunday yozilgan: «Yahova* kim Unga tegishli ekanini biladi»+ va «Yahovaning* ismini chaqirayotgan har bir kishi+ adolatsizlikdan voz kechsin».
20 Katta uyda faqat oltin va kumush idishlar emas, balki yog‘och va sopol idishlar ham bor bo‘lib, ba’zilari sharafli, boshqalari esa sharafsiz maqsadda qo‘llaniladi.
21 Agar kim sharafsiz maqsadda qo‘llaniladigan idishlardan chetlansa, u sharafli maqsadda qo‘llaniladigan, muqaddas, o‘z egasiga yaroqli va har bir ezgu ishga tayyor idish bo‘ladi.
22 Shu sababli yoshlik ehtiroslaridan qochib, buning o‘rniga Rabbimizga chin dildan tayanadiganlar bilan birgalikda odillik, imon, muhabbat va tinchlik kabi fazilatlarni rivojlantir.
23 Bundan tashqari, bema’ni va foydasiz so‘roq-savollarni rad et+, chunki ular janjal chiqarishini bilasan.
24 Rabbimizning quli esa janjalkash bo‘lmasin. Aksincha, hamma bilan muloyim*+, ta’lim berishga qobiliyatli, nohaqlikka duch kelganda o‘zini tuta biladigan bo‘lsin+.
25 Isyonkorlarni muloyimlik bilan yo‘lga solsin+. Balki Xudo ularning tavba qilishlariga* va haqiqat to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lishlariga imkon berar+.
26 Shunda ular Iblisning tuzog‘idan qutulib, o‘zlariga kelishadi va uning irodasini bajarish uchun tiriklayin tutilganlarini ko‘rishadi+.
Izohlar
^ Boshqa variant «kundalik ishlar».
^ So‘zma-so‘z «urug‘i».
^ Yoki «gangrena».
^ Yoki «xushmuomala».
^ Yoki «fikrini o‘zgartirishlariga».