2 Butrus 1:1-21
1 Iso Masihning quli va havoriysi Simun Butrusdan, Allohimizning hamda Najotkorimiz Iso Masihning odilligi tufayli biz qatori qimmatbaho imonga ega bo‘lganlarga:
2 Xudo va Hazratimiz Iso Masih haqidagi aniq bilim orqali+ Tangrining inoyati hamda tinchligi sizlarda yanada ko‘paysin.
3 Zero hayotga va xudojo‘ylikka aloqador barcha narsalar bizga Allohning qudrati orqali berilgan. Bunga esa, bizni ulug‘vorligi va yaxshi fazilatlari* orqali da’vat etgan Zot haqida aniq bilim olish orqali erishganmiz+.
4 Yomon ehtiroslar dastidan dunyoda hukm surayotgan axloqsizlikdan ozod bo‘lib ilohiy tabiatga ega bo‘lishingiz uchun+, U ulug‘vorligi va yaxshi fazilatlari orqali bizga qimmatbaho va buyuk va’dalar bergan+.
5 Shu sababli, astoydil g‘ayrat ko‘rsatib+, imoningizni himmat bilan+, himmatni bilim bilan+,
6 bilimingizni o‘zini tuta bilish bilan, o‘zini tuta bilishni+ sabr-bardosh bilan, sabr-bardoshni xudojo‘ylik bilan+,
7 xudojo‘ylikni samimiy birodarlik bilan, samimiy birodarlikni esa muhabbat bilan to‘ldiringlar+.
8 Agar bularning bari sizlarda mo‘l-ko‘l bo‘lsa, unda Hazratimiz Iso Masih to‘g‘risidagi aniq bilimlarni qo‘llashda faoliyatsiz yoki samarasiz bo‘lmaysizlar+.
9 Bu xislatlarga ega bo‘lmagan kishi esa ko‘r va nurni ko‘rmaslik uchun ko‘zlarini yumib olib*+, avvalgi gunohlaridan tozalanganini+ unutib qo‘ygan.
10 Shunday ekan, birodarlar, da’vat etilganingiz+ va tanlanganingizga sodiq qolish uchun jon kuydiringlar. Shunda hech qachon imondan qaytmaysizlar+.
11 Aksincha, sizlar ulkan barakaga ega bo‘lib, Hazratimiz va Najotkorimiz Iso Masihning abadiy Shohligiga+ kirasizlar+.
12 Shu bois, bu narsalarni bilishingizga hamda qabul qilgan haqiqatda mahkam turganingizga qaramay, men bu haqda doim sizlarga eslatib turmoqchiman.
13 Hozircha shu insoniy tanada* ekanman+, bu narsalarni eslatish+ bilan sizlarni tetiklantirib turishni o‘rinli deb hisoblayman.
14 Boisi, Hazratimiz Iso Masih menga ma’lum qilganiday, yaqinda shu tanamdan ayrilishimni bilaman+.
15 Shunday ekan, men doim qo‘limdan kelganini qilaman, toki men ketgandan keyin bu narsalarni o‘zingizga eslatib turinglar.
16 Sizlarga Hazratimiz Iso Masihning qudrati va hozir bo‘lishi haqida aytib berayotib, uddaburona o‘ylab chiqarilgan hikoyalarga asoslanmaganmiz. Uning ulug‘vorligini o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rganmiz+.
17 Buyuk ulug‘vorlik manbai: «Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, undan mamnunman»+,— deb aytgan edi. Shunda Otamiz Xudo uni hurmat va shon-sharaf bilan taqdirlagan.
18 Ha, osmondan yangragan bu so‘zlarni, biz u bilan birga muqaddas tog‘da bo‘lganimizda eshitganmiz.
19 Ana shu sababli, biz bashoratli so‘zga ilgarigidan ham ko‘proq ishonamiz. Kun yorishib, tong yulduzi+ chiqmagunicha, sizlar qorong‘i joyda, ya’ni qalblaringizda moychiroqday+ nur sochib turgan o‘sha so‘zga murojaat etib to‘g‘ri qilasizlar.
20 Muqaddas Yozuvlardagi hech bir bashorat biror kimsaning fikriga asoslanmaganini yaxshi bilasizlar.
21 Chunki bashorat hech qachon insonning xohishi bo‘yicha aytilmagan+. Aksincha, odamlar muqaddas ruh boshqaruvi bilan Allohning fikrlarini gapirishgan+.
Izohlar
^ Yoki «himmati».
^ Boshqa variant «ko‘r, uzoqni ko‘ra olmaydigan».
^ So‘zma-so‘z «chodirda».