Ayub 15:1-35

  • Elifaz ikkinchi bor gapiradi (1-35)

    • Ayubni Xudodan qo‘rqmaslikda ayblaydi (4)

    • Ayubni o‘zbilarmonlikda ayblaydi (7-9)

    • «Xudo O‘z farishtalariga ishonmaydi» (15)

    • Yovuz odam azob chekadi (20-24)

15  Temonlik Elifaz+ javoban shunday dedi:   «Dono inson puch dalillar keltirib javob beradimi?Qalbini zararli istaklar* bilan to‘ldiradimi?   Quruq so‘zning o‘zi bilan tanbeh berish befoyda,Gapirishning o‘zi naf keltirmaydi.   Seni deb, Xudodan qo‘rqish oyog‘osti bo‘lyapti,Tangriga aloqador har qanday narsani poymol qilyapsan.   Aytar so‘zingni gunoh og‘zingga solib turibdi,Gapirish uchun ayyorona so‘zlarni tanlabsan.   Seni men emas, o‘z og‘zing ayblayapti,O‘z lablaring senga qarshi guvohlik beryapti+.   Nima, sen dunyoga kelgan ilk insonmisan?Yoki tepaliklar paydo bo‘lishidan avval tug‘ilganmisan?   Allohning sirli so‘zlarini eshitganmisan?Yolg‘iz o‘zingni dono deb hisoblaysanmi?   Sen bilgan nimani biz bilmas ekanmiz?+ Sen anglagan nimani biz tushunmas ekanmiz? 10  Oramizda mo‘ysafid va keksalar bor+.Ular otangdan ham yoshi ulug‘ insonlar. 11  Tangrining tasallisi senga kamlik qildimi?Muloyim so‘zlari ozlik qildimi? 12  Nega his-tuyg‘ularing* quli bo‘lyapsan?Nega g‘azabdan ko‘zlaring chaqnab ketyapti? 13  Xudoga qarshi chiqyapsan,Bunday so‘zlarni aytishga og‘zingga erk beryapsan. 14  O‘tkinchi inson qanaqasiga Xudoning nazarida pok bo‘lishi mumkin?!Ayoldan tug‘ilgan qaysi odam odil bo‘lishi mumkin?!+ 15  Axir U O‘z farishtalariga* ham ishonmaydi-ku.Hatto osmon-u falak Uning nazarida pok emas-ku+. 16  Unda adolatsizlikni suv kabi ichadigan,Jirkanch va buzuq kishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi!+ 17  Senga gapiraman, so‘zlarimni eshit! Ko‘rganlarimni aytib beraman. 18  Buni donishmandlar otalaridan eshitgan+.Ular bu narsalarni sir tutishmagan. 19  Yurt faqat ularga berilgan edi,Ularning orasidan begona odam o‘tmagan edi. 20  Yovuz inson butun umri davomida,Zolim hayotining barcha yillari mobaynida azob chekadi. 21  Qulog‘iga dahshatli tovushlar eshitiladi+,Tinchlik paytida bosqinchilar unga hujum qiladi. 22  Zulmatdan qutulishiga ko‘zi yetmaydi+,U qilichdan halok bo‘ladi. 23  U: “Qayerdan non topsa bo‘ladi?” — deb non izlab yuradi. Qora kun yaqin ekanini u yaxshi biladi. 24  Qiyinchilig-u azob uni dahshatga solaveradi,Ular hujumga chog‘lanib turgan shoh singari uni mag‘lub qilishadi. 25  Chunki u Xudoga qarshi qo‘l ko‘taryapti,Qodir Tangridan ustun kelmoqchi bo‘lyapti. 26  U qalin, mustahkam qalqonini olib,Qaysarlik bilan U tomon yeldek yugurib ketyapti. 27  Uning yuzi semirib ketgan,Belini yog‘ bosgan. 28  U xarobaga aylanadigan shaharlarda yashamoqda,Uyum-uyum toshlarga aylanadigan,Hech kim yashamaydigan xonadonlarda istiqomat qilmoqda. 29  U boyib ketmaydi, boyligi ko‘paymaydi.Mol-mulki ham yurt bo‘ylab yoyilmaydi. 30  U qorong‘ilikdan qochib qutula olmaydi,Novdasini* olov quritib tashlaydi,Xudoning og‘zidan chiqqan shiddatli shamol uni uchirib yuboradi+. 31  U befoyda narsalarga ishonib, aldanib yurmasin,Chunki evaziga hech narsaga erisha olmaydi. 32  Uning kuni kelmay turib, bu narsa sodir bo‘ladi,U shoxlari hech qachon ko‘karmaydigan daraxtga o‘xshab qoladi+. 33  U, mevasi pishmay turib uzumlarini to‘kkan tokday,Gullarini to‘kkan zaytun daraxtiday bo‘lib qoladi. 34  Xudosizlar* to‘dasi unumsiz qoladi+,Poraxo‘rlar chodirini olov yutib yuboradi. 35  Ular g‘am-qayg‘uga homilador bo‘lib, yovuzlikni tug‘adi,Ularning qornidan yolg‘on dunyoga keladi».

Izohlar

Yoki «Qornini sharq shamoli».
So‘zma-so‘z «yuraging».
So‘zma-so‘z «muqaddas zotlariga».
Ya’ni qayta tiklanish umidini.
Yoki «Murtadlar».