Ayub 35:1-16

  • Elixu Ayubning yanglishganini ko‘rsatadi (1-16)

    • Ayub Xudodan ko‘ra odilroq ekanini aytadi (2)

    • Alloh yuksak, gunoh Unga ta’sir qilmaydi (5, 6)

    • Ayub Xudoni kutishi kerak (14)

35  Elixu so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi:   «Haq ekaningizda shunchalik aminmisizki,Siz go‘yo: “Men Xudodan ko‘ra odilroqman”,— deb aytyapsiz?+   Chunki siz: “Odil bo‘lishimdan senga* nima foyda? Undan ko‘ra gunoh qilganim yaxshi emasmi?”+ — deyapsiz.   Sizga ham, do‘stlaringizga+ ham,Aytadigan gapim bor.   Boshingizni ko‘tarib, osmonga nazar soling.Bulutlarga qarang+, ular sizdan qanchalik yuqorida.   Bordi-yu, gunoh qilsangiz, Xudoga zarar keltira olarmidingiz?+ Xatolaringizni ko‘paytirsangiz, Unga ta’sir qila olarmidingiz?+   Agar odil bo‘lsangiz, Unga biror narsa bera olasizmi?U sizning qo‘lingizdan biror narsa oladimi?+   Yovuzligingiz siz kabi insongagina ta’sir qiladi,Odilligingizdan faqat odamlar foyda ko‘radi.   Qattiq zulm ostida xalq nola qilib,Kuchlilarning qo‘lidan xalos etilishni yolvorib so‘raydi+. 10  Ammo hech kim: “Kechalari qo‘shiq kuylashga+ ilhomlantirgan Tangrim,Buyuk Yaratuvchim+ qayerda?” — deb so‘ramaydi. 11  U bizga yerdagi hayvonlarga qaraganda ko‘proq+ ta’lim beradi+,Samodagi qushlardan ko‘ra donoroq qiladi. 12  Yovuzlarning mag‘rurligi dastidan+,Xalq yolvorsa ham, U javob qaytarmaydi+. 13  Shubhasizki, Alloh behuda faryodlarni* eshitmaydi+,Qodir Tangri bunday faryodlarga e’tibor qaratmaydi. 14  Ayniqsa Uni ko‘rmadim deb da’vo qilsangiz+, U tinglamaydi. Masalangizni U ko‘rib chiqar ekan, Uni sabrsizlik bilan kuting+. 15  Chunki U jahl ustida sizni javobgarlikka tortmadi.Haddan ortiq bemulohazalik qilganingizga e’tibor bermadi+. 16  Ayub esa bekorga og‘zini katta ochdi,Bilimga ega bo‘lmay turib, gapni ko‘paytirdi»+.

Izohlar

Ehtimol, Xudoga qarata aytilgan.
Yoki «yolg‘onni».