Ibtido 5:1-32

  • Odamdan to Nuhgacha (1-32)

    • Odam o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi (4)

    • Xano‘x Xudoga hamroh bo‘lib yashadi (21-24)

5  Odamning tarixi haqidagi bayonot quyidagicha: Tangri Odamni yaratgan kuni, uni O‘ziga monand qilib vujudga keltirdi+.  Ularni erkak va ayol qilib yaratdi+. Ular yaratilgan kuni+, Alloh ularni qutlab, ularni «inson»*, deya atadi.  Odam 130 yoshga kirganida, o‘ziga o‘xshash bo‘lgan, o‘ziga monand bir o‘g‘il ko‘rdi va ismini Shis+ qo‘ydi.  Shis tug‘ilgandan keyin, Odam yana 800 yil yashadi. Bu orada u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi.  Odam hammasi bo‘lib 930 yil umr ko‘rdi va hayotdan ko‘z yumdi+.  Shis 105 yoshga kirganida, o‘g‘li Eno‘sh+ dunyoga keldi.  Eno‘sh tug‘ilganidan so‘ng Shis yana 807 yil yashadi. Bu vaqt davomida u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi.  Shis jami 912 yil umr ko‘rib, vafot etdi.  Eno‘sh 90 yoshga to‘lganida o‘g‘li Xenan tug‘ildi. 10  Xenan dunyoga kelganidan keyin, Eno‘sh yana 815 yil umr ko‘rdi. Bu vaqt mobaynida u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi. 11  Eno‘sh hammasi bo‘lib 905 yil yashab, hayotdan ko‘z yumdi. 12  Xenan 70 yoshda bo‘lganida o‘g‘li Maxaliyol+ dunyoga keldi. 13  Maxaliyol tug‘ilganidan so‘ng, Xenan yana 840 yil yashadi. Bu orada u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi. 14  Xenan jami 910 yil umr kechirib, vafot etdi. 15  Maxaliyol 65 yoshga kirganida, o‘g‘li Yored+ tug‘ildi. 16  Yored dunyoga kelganidan keyin, Maxaliyol yana 830 yil umr ko‘rdi. Bu vaqt davomida u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi. 17  Maxaliyol hammasi bo‘lib 895 yil yashab, hayotdan ko‘z yumdi. 18  Yored 162 yoshda bo‘lganida, o‘g‘li Xano‘x+ dunyoga keldi. 19  Xano‘x tug‘ilganidan so‘ng, Yored yana 800 yil yashadi. Bu vaqt mobaynida u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi. 20  Yored jami 962 yil umr ko‘rib, vafot etdi. 21  Xano‘x 65 yil yashagach, o‘g‘li Matushaloh+ tug‘ildi. 22  Matushaloh dunyoga kelganidan keyin, Xano‘x 300 yil haq Xudoga* hamroh bo‘lib yashadi. Bu orada, u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi. 23  Xano‘x hammasi bo‘lib 365 yil umr ko‘rdi. 24  Xano‘x haq Xudoga hamroh bo‘lib yashashni kanda qilmadi+. Keyin Alloh uni olib ketgani bois, uni hech kim ko‘rmadi+. 25  Matushaloh 187 yil umr ko‘rgach, o‘g‘li Lamex+ dunyoga keldi. 26  Lamex tug‘ilgandan so‘ng, Matushaloh yana 782 yil yashadi va ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi. 27  Matushaloh jami 969 yil yashab, hayotdan ko‘z yumdi. 28  Lamex 182 yil yashagandan keyin, o‘g‘illi bo‘ldi. 29  U: «Yahova la’natlagan yerga ishlov berganimizda, mehnatimizga va zahmat chekkan bizlarga u yengillik* beradi»+,— deya, o‘g‘lining ismini Nuh*+ qo‘ydi. 30  Nuh dunyoga kelgandan so‘ng, Lamex yana 595 yil umr ko‘rdi. Bu vaqt davomida u ko‘pgina o‘g‘il-qizlarning otasi bo‘ldi. 31  Lamex hammasi bo‘lib 777 yil yashagach, vafot etdi. 32  Nuh 500 yoshga kirgandan keyin, Som+, Xom+ va Yofas+ ismli uch nafar o‘g‘il ko‘rdi.

Izohlar

Yoki «Odam; insoniyat».
Yoki «tasalli».
Ma’nosi «orom; tasalli» bo‘lishi mumkin.