Ishayo 10:1-34
10 Ziyon yetkazuvchi qoidalar o‘rnatib+,Og‘ir farmonlar chiqarishni rejalashtirayotganlar holiga voy!
2 Kambag‘alning haq-huquqini poymol qilgan,Xalqim orasidagi bechorani adolatdan mahrum etgan+,Bevalarning bor-budini tortib olgan,Yetimlarni talon-toroj qilganlar holiga voy!+
3 Qasos kuni+ yetganda,Olisdan halokat kelganda nima qilasiz?+
Kimning oldiga yordam so‘rab qochib borasiz?+Davlatingizni kimga qoldirasiz?
4 Mahbuslar orasida bukilib yotishdan,O‘liklar orasida qulashdan boshqa sizlarni yana nima kutyapti?!
Shunda ham Uning g‘azabi bosilmaydi,Jazolash uchun ko‘targan qo‘lini tushirmaydi+.
5 «Mana, ossuriyalik+ — g‘azab tayog‘im,U orqali qahrimni sochaman!+Uning qo‘lidagi hassa esa hukmim ifodasidir!
6 Men uni murtad xalqga,G‘azabimni qo‘zg‘agan xalqga qarshi qilaman.Unga xalqni talab, ko‘pgina o‘lja olishga,Ularni ko‘chadagi loy kabi toptashga amr beraman+.
7 U bunday yo‘l tutishni o‘ylamagan,Dilida buni reja qilmagan bo‘lsa-da,Yuragida oz xalqlarnigina emas,Ko‘p xalqlarni qirib tashlashni niyat qiladi.
8 U shunday deydi:“Beklarimning hammasi shohlar emasmi?+
9 Xalnoning+ Karxemishdan+,
Xomatning+ Arpaddan+,
Samariyaning+ Damashqdan+ nimasi ortiq?
10 O‘yma butlari Quddus va Samariyaga qaraganda ko‘proq bo‘lgan,Foydasiz xudolarning shohliklarini qo‘lga kiritdim!+
11 Samariyani va foydasiz xudolarini nima qilgan bo‘lsam,Quddus va uning butlarini ham shu ko‘yga sola olmaymanmi?”+
12 Yahova Sion tog‘ida va Quddusda barcha ishlarini tugatgach, Ossuriya shohini takabburligi, manmanligi hamda kiborli qarashlari+ uchun jazolaydi.
13 Chunki u shunday dedi:“Buni o‘z qo‘limning kuchi bilan,O‘z zakovatim, donoligim ila bajaraman.
Xalqlarning chegaralarini suraman+,Xazinalarini ship-shiydon qilaman+.Aholisini qudratli jangchi kabi bo‘ysundiraman+.
14 Qo‘lini qush iniga uzatgan kishiday,Qo‘limni xalqlar boyligiga uzataman.Tashlab ketilgan tuxumlarni yig‘gan kishiday,Ularning yerlarini tortib olaman!
Hech kim qanot qoqmaydi, og‘zini ochib chug‘urlamaydi”».
15 Bolta uni ishlatayotgan egasidan,
Arra arrakashdan o‘zini yuqori tutadimi?
Hassa+ uni tutgan kishini joyidan qo‘zg‘ata oladimi?
Tayoq uni ushlagan kishini yuqoriga ko‘taradimi?
16 Shu bois, Rabbimiz, Qo‘shinlar Sarvari YahovaOssuriyaning baquvvat kishilarining tinka-madorini quritadi+,Uning shon-shuhratiga lovullagan o‘t qo‘yib yuboradi+.
17 Isroilning Nuri+ olov+,Muqaddas Xudosi alanga bo‘ladi.U lov etib yonadi-da, Ossuriyaning begona o‘tlarini-yu tikanlarini bir kunda yutadi.
18 Muhtasham o‘rmoni-yu bog‘ini tag-tubi bilan qo‘porib tashlaydi,Ular xasta yotgan odamday so‘lib qoladi+.
19 O‘rmonida daraxt juda oz qolganidan,Bola ularni sanay oladi.
20 O‘sha kuni Isroilda qolganlar,Yoqub xonadonida najot topganlar,Ularga hujum qilgan xalqga ortiq tayanmaydi+.Ular sidqidildan Yahovaga,Isroilning Muqaddas Xudosiga suyanadi.
21 Faqat omon qolganlar —Yoqub avlodidan qolganlar Qodir Allohga qaytadi+.
22 Ey Isroil, xalqingDengiz sohilidagi qumday bo‘lsa-da,Omon qolganlar qaytadi, xolos+.
Xalqing yakson etilishga qaror qilindi+,Haqqoniyat ularni yiqitadi+.
23 Ha, Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahova chiqargan qaroriButun yurt bo‘ylab amalga oshadi+.
24 Shu sababli, Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: «Ey, Sionda yashovchi xalqim, Misr kabi+ senga qarshi tayoq ko‘targan ossuriyalikdan+ qo‘rqma.
25 Chunki tez orada hukmim o‘z yakuniga yetadi. Sochgan g‘azabimdan ular yo‘q bo‘lib ketadi+.
26 Qo‘shinlar Sarvari Yahova Oriv qoyasi oldida Midiyonni mag‘lub qilganiday+, unga qarshi qamchi ko‘taradi+. Misrga qarshi tayog‘ini ko‘targaniday+ dengiz uzra uni uzatadi.
27 O‘sha kuni, Ossuriya shohi yelkangga yuklagan yuk+,Bo‘yningga solgan bo‘yinturuq olib tashlanadi+,Moy* dastidan bo‘yinturuq sindiriladi»+.
28 U Oyazga+ hujum qildi.Migron bo‘ylab o‘tib ketdi.Mixmashga+ yukini joyladi.
29 Ular kechuvdan o‘tdi,G‘iboda+ tunni o‘tkazdi.Rama titradi, Shoulning shahri Givo+ qochdi+.
30 Ey, Galim qizi, faryod qil!
Ey Laysho, diqqatli bo‘l!
Ey, bechora Onoto‘t+, dod solib yig‘la!
31 Madmenax qochib ketdi.
Gebim aholisi boshpana izlaydi.
32 Aynan o‘sha kuni u Navda+ to‘xtaydi.
Sion qizining tog‘ida,Quddus tepaligida qo‘lini musht qiladi.
33 Rabbimiz, Qo‘shinlar Sarvari YahovaNovdalarni shatir-shutur qilib chopib tashlamoqda+.Baland daraxtlar kesilib,Ko‘kka bo‘y cho‘zganlari yiqitilmoqda.
34 U o‘rmondagi chakalaklarni bolta bilan yakson qilmoqda,Qudratli kishi Livan daraxtlarini qulatadi.
Izohlar
^ Ehtimol, yoqilg‘i uchun yoki shohlarni moylaganda qo‘llaniladigan moy.