Ishayo 15:1-9
-
Mo‘abga qarshi hukm (1-9)
15 Mo‘abga qarshi hukm+:
Mo‘abning Or+ shahri sukunatga g‘arq bo‘ladi,Zero, u bir kechaning ichida tor-mor etiladi.
Mo‘abning Xir+ shahri sukunatga g‘arq bo‘ladi,Chunki u bir kechaning ichida tor-mor etiladi.
2 U yig‘lamoq uchun ibodatxona va Dibonga+,Tepaliklariga ko‘tariladi.
Mo‘ab Navoni+ va Midavoni+ yo‘qlab nola chekadi,
Barchaning soch-soqoli qirib tashlanadi+.
3 Ular ko‘chalarda julga o‘ranib,
Tomlari-yu maydonlarida faryod qiladi.Yig‘lagancha pastga tushadi+.
4 Xashbon bilan Elaley+ nola qiladi,Ularning ovozi Yaxazga+ qadar eshitiladi.
Shu bois, Mo‘ab askarlari baqir-chaqir qiladi.
Yuraklari qo‘rquvdan dukillaydi.
5 Mo‘ab uchun qalbim qon yig‘laydi.
Uning qochqinlari Zo‘var+ va Eglat-Shalishiyogacha+ yetadi.
Ular yig‘lagancha Luxitga ko‘tariladi.Boshiga tushgan falokatdan Xo‘ronaym yo‘lida fig‘on chekadi+.
6 Nimrim suvlari quriydi.O‘t-o‘lan ham qovjirab qoladi.Maysalar yo‘q bo‘lib, biron yashil o‘simlik qolmaydi.
7 Shu sababli, ular g‘azna-yu mol-mulkidan qolgan-qutganiniTeraklar vodiysidan olib o‘tadi.
8 Xalqning faryodi butun Mo‘abga eshitiladi+.
Dod-voyi Exlayimgacha,Fig‘oni Ber-Elimgacha yetib boradi.
9 Zero, Dimon suvlari qonga to‘ladi.Dimonga bundan-da og‘ir balo keltiraman:
Mo‘abdan qochganlar-uU yerda qolganlarga sher yuboraman+.