Ishayo 22:1-25
22 Vahiy vodiysi* haqidagi hukm+:
Senga nima bo‘ldi? Nega xalqing tomlarga chiqib oldi?
2 Sen shovqin-suronga to‘la,Shod-xurram, tinib-tinchimas shahar eding.
Ammo halok bo‘lganlaring qilichdan o‘lmadi,Jangda ham qirilmadi+.
3 Barcha zolim hukmdorlaring birga qochib ketdi+,
Ular kamonning yordamisiz asirlikka olindi.
Uzoqlarga qochib ketgan bo‘lsa-da,Qo‘lga tushganlarning bari tutqunlikka olindi+.
4 Shu bois, bunday deb aytdim: «Menga qaramanglar,Men achchiq-achchiq yig‘layman+.
Tasalli berishga ham intilmanglar,Chunki halokatga uchragan xalqimning qizi* uchun ko‘z yosh to‘kaman+.
5 Bu kun Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahovadan kelgan,Vahiy vodiysidagiSarosima, mag‘lubiyat, vahima kunidir+.
Devor qulatildi+,Dod-voy tovushi tog‘larga ko‘tarildi.
6 Elam+ o‘qdoni-yuJang aravalariga qo‘shilgan otlarini hozirladi.Xir+ qalqonini tayyorladi.
7 Sening sara vodiylaringJang aravalarga to‘lib ketadi,Darvozang oldida esa otliqlar saf tortadi.
8 Shunda Yahudo himoyasiz* qoladi.
O‘sha kuni, “Livan o‘rmoni” deb atalgan saroydagi+ aslahaxonaga qaraysiz
9 va Dovud shahrining devorida ko‘pgina yoriqlarni ko‘rasiz+. Quyi hovuzga+ suv to‘playsiz.
10 Quddusdagi uylarni hisoblab chiqib, devorni mustahkamlash uchun ayrim uylarni buzasiz.
11 Eski hovuz suvi uchun ikkita devor o‘rtasida havza qurasiz. Ammo bu falokatni oldindan reja qilgan Buyuk Yaratuvchiga nazar solmaysiz.
12 O‘sha kuni Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari YahovaSizlarga yig‘lab motam tutishni+,Sochingizni qirib, julga o‘ranishni buyuradi.
13 Sizlar esa bayram-u shodiyona qilyapsiz,Qoramol-u qo‘ylar so‘yib,Go‘sht yeb, sharob ichyapsiz+.
“Kelinglar, yeb-ichaylik, baribir ertaga o‘lib ketamiz”+,— deb aytyapsiz».
14 So‘ng Qo‘shinlar Sarvari Yahova menga quyidagini ayon qildi: «“Bu qilmishingiz o‘lguningizcha yuvilmaydi”+,— demoqda Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahova».
15 Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday dedi: «Saroy a’yoni — ish boshqaruvchisi Shavnaning+ oldiga borib, unga:
16 “Bu yerda senga tegishli nimang yoki kiming borki, o‘zing uchun o‘yib qabr hozirlabsan?” — deb ayt. Chunki u tepalikda o‘zi uchun qabr o‘ydiryapti, qoyada o‘ziga maqbara tayyorlayapti.
17 “Mana, Men, Yahova seni shiddat ila uloqtiraman. Seni mahkam ushlab,
18 qisib o‘rayman-da, to‘p singari keng dalaga uloqtirib yuboraman. Sen o‘sha yerda o‘lasan va ulug‘vor aravalaring ham o‘sha yerda qolib ketib, xo‘jayining xonadoniga sharmandalik keltiradi.
19 Seni o‘z joyingdan, o‘z martabangdan ag‘darib tashlayman.
20 O‘sha kuni xizmatkorim Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqimni+ chaqiraman-da,
21 kamzulingni unga kiydirib, kamaringni uning beliga bog‘layman+ va hokimiyatingni uning qo‘liga topshiraman. U Quddus aholisi va Yahudo xonadoniga ota bo‘ladi.
22 Dovud xonadoni kalitini+ uning yelkasiga ilib qo‘yaman. U ochganni hech kim yopa olmaydi, u yopganni hech kim ocha olmaydi.
23 Men uni mustahkam joyga mix qoqganday qoqib qo‘yaman. U otasining xonadoni uchun ulug‘vorlik taxti bo‘ladi.
24 Otasi xonadonining butun shon-shuhrati, nasli va avlodlari — kichik idishlar, kosalar-u xumlarning bari unga osiladi.
25 Qo‘shinlar Sarvari Yahova bunday demoqda: “O‘sha kuni, mustahkam joyga qoqilgan mix olib tashlanadi+. U kesilib tushadi va unga osilgan narsa ham tushib sinadi. Chunki buni Yahova aytmoqda”».
Izohlar
^ Ehtimol, Quddus nazarda tutilgan.
^ She’riy gavdalantirish. Rahm va hamdardlikni ifodalasa kerak.
^ Yoki «pardasiz».