Ishayo 28:1-29
28 Efrayim+ mayxo‘rlarining takabbur toji* holiga voy!Sharobga taslim bo‘lganlarning unumdor vodiysi uzra qad ko‘targanUning ulug‘vor chiroyi — so‘lgan gulining holiga voy!
2 Mana, Yahova kuch-qudratga ega kimsani yuboradi.
Momaqaldiroqli jala, vayron qiladigan bo‘ron kabi,Dovul, toshqin keltiradigan sel kabiBor kuchi bilan tojni yerga uloqtiradi.
3 Efrayim mayxo‘rlarining takabbur tojlariOyoq ostida toptab tashlanadi+.
4 Unumdor vodiy uzra qad ko‘targanUlug‘vor chiroyining so‘lgan guliYoz kelmay turib ilk pishgan anjirday bo‘ladi.
Ko‘rgan kishi darhol uni uzib yeydi.
5 O‘sha kuni Qo‘shinlar Sarvari Yahova omon qolgan xalqi+ uchun ulug‘vor toj, go‘zal gulchambar bo‘ladi.
6 U hakamlik kursisida o‘tirganga odillik ruhi, shahar darvozasi oldidan dushmanni daf qilayotganlarga kuch-qudrat manbai bo‘ladi+.
7 Bular ham sharob dastidan yo‘ldan ozdi.Ichkiliklari ularni gandiraklatib qo‘ydi.
Ruhoni-yu payg‘ambar ichkilik orqasidan yo‘ldan ozdi.Sharob ularning miyasini gangitib qo‘ydi,Ichkiligi boshini aylantirdi,Ko‘rgan vahiylari ularni adashtirib,To‘g‘ri qaror chiqara olmay qolishdi+.
8 Dasturxonlari jirkanch qusuqga to‘la,Bulg‘anmagan joyi yo‘q.
9 Ular shunday deydi: «U kimga bilim beradi?Xabarni kimga tushuntira oladi?
Endi sutdan ayrilgan,Ko‘krakdan ajratilgan go‘daklargami?
10 Chunki u doim: “Amr ustiga amr, amr ustiga amr,O‘lchov ipi ustiga o‘lchov ipi, o‘lchov ipi ustiga o‘lchov ipi+,Ozgina bu yerda, ozgina u yerda”,— deydi».
11 Shuning uchun, xabarni bu xalqga duduqlanib gapiradiganlar va begona tilda so‘zlaydiganlar orqali yetkazadi+.
12 U bir vaqtlar ularga: «Bu — dam olish joyi. Charchagan kishi bu yerda, rohatbaxsh joyda dam olsin»,— deb aytgan. Ammo ular quloq solmagan+.
13 Shu bois, Yahova ularga deydi:
«Amr ustiga amr, amr ustiga amr,O‘lchov ipi ustiga o‘lchov ipi, o‘lchov ipi ustiga o‘lchov ipi+,Ozgina bu yerda, ozgina u yerda».
Ular shunday qilib yurganda,Qoqilib chalqanchasiga yiqiladi,Jarohatlanadi, tuzoqga tushib qo‘lga olinadi+.
14 Yahovaning so‘zini tinglang, ey maqtanchoqlar,Bu xalqning Quddusdagi boshqaruvchilari,
15 Sizlar shunday deyapsiz:
«Biz o‘lim bilan ahd qildik+,Mozor* bilan bitim tuzdik*.
Shiddatli to‘fon yuz bersa,Bizgacha yetib kelmaydi,Chunki yolg‘onni o‘z panohimiz qildik,Yolg‘onning orqasiga yashirindik»+.
16 Shuning uchun Oliy Hukmdor Yahova dedi:
«Mana, Men, Sionga poydevor qilib sinalgan toshni+,Mustahkam poydevorning+ burchagiga qo‘yiladigan qimmatbaho negiz toshini+ solaman.
Unga ishongan kishi qo‘rquvga berilmaydi+.
17 Adolatni o‘lchov ipi+,Odillikni shoqul* qilaman+.
Yolg‘onning panohini do‘l yuvib ketadi,Yashirin joyni suvlar bosib qoladi.
18 O‘lim bilan qilgan ahdingiz buziladi,Mozor* bilan tuzgan bitimingiz amalga oshmaydi+.
Shiddatli to‘fon yuz berganda,Sizni oqizib ketadi.
19 Har safar kelganda,Sizni yuvib ketadi+.Chunki u har tongda keladi,Ham kunduzi, ham kechasi keladi.
Faqat vahima orqali ular eshitganini tushunadi*».
20 Cho‘zilish uchun to‘shagingiz qisqalik,O‘ranish uchun ko‘rpangiz ensizlik qiladi.
21 Yahova O‘z ishi — g‘aroyib ishini,O‘z yumushi — ajoyib yumushini bajarish uchun+Perazim tog‘idagiday ko‘tariladi,Givon yaqinidagi vodiydagiday qo‘zg‘aladi+.
22 Endi, masxara qilishni to‘xtating+.Yo‘qsa, bog‘ichlaringiz battar qisiladi.Chunki Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari YahovadanButun yerni yo‘q qilish hukmini chiqarganini eshitdim+.
23 Quloq solib, meni tinglang,So‘zlarimni diqqat bilan eshiting.
24 Dehqon urug‘ sepishdan oldin yerga kun bo‘yi ishlov bermaydimi?
O‘z yerini doim yumshatib, mola bosmaydimi?+
25 Uning ustini tekislagach,Qora zira sochib, zira sepmaydimi?Belgilangan yerga bug‘doy, tariq, arpa,Dalasining chetlariga spelta*+ ekmaydimi?
26 Chunki Tangrisi uni to‘g‘ri yo‘lga boshlamoqda,Xudosi uni o‘rgatmoqda+.
27 Qora zirani xo‘ptir* bilan yanchmaydi+,Zirani tegirmon toshi bilan ezmaydi.
Aksincha, qora zirani kaltak,Zirani tayoq bilan qoqib oladi.
28 Kishi non uchun donni ezib yanchadimi?
Yo‘q, uni tinimsiz yanchmaydi+.Otlarga qo‘shilgan xo‘ptir g‘altagi bilan ustidan yurgizganda,Uni ezilguncha yanchmaydi+.
29 Bular — Qo‘shinlar Sarvari Yahovadan,Uning maqsadi ajoyibdir,U nimaiki qilmasin, yutuqga erishadi+.
Izohlar
^ Ehtimol, Isroil poytaxti Samariya nazarda tutilgan.
^ Boshqa variant «vahiy ko‘rdik».
^ Yoki «o‘lchov asbobi».
^ Boshqa variant «Ular tushunganda, qo‘rquv iskanjasida qoladi».
^ Spelta qadimgi Misrda yetishtirilgan sifati past bug‘doy navi.