Ishayo 43:1-28

  • Yahova O‘z xalqini yig‘ib oladi (1-7)

  • Boshqa xudolarning ojizligi (8-13)

    • «Sizlar Mening shohidlarimsiz» (10, 12)

  • Bobildan ozod etilish (14-21)

  • «Kel, ikkimiz masalamizni o‘rtaga qo‘yaylik» (22-28)

43  Ey Yoqub, sening Parvardigoring,Ey Isroil, senga shakl bergan Yahova+ bunday demoqda: «Qo‘rqma, zero Men seni to‘lov evaziga sotib oldim+. Seni ismingni aytib chaqirdim. Sen Menikisan.   Suvlardan o‘tsang, Men sen bilan bo‘laman+,Daryolardan o‘tsang, suv ostida qolmaysan+. Olovdan o‘tsang-da, yonmaysan,Alanga seni kuydirmaydi.   Chunki Men Tangring Yahovaman,Isroilning Muqaddas Xudosi, Najotkoringman. Sen uchun Misrni to‘lov sifatida berdim,Seni Habashiston bilan Savoga ayirboshladim.   Sen Men uchun qadrlisan+,Seni hurmatga loyiq topdim, seni sevdim+. Shu bois, o‘rningga xalqlarni,Hayoting evaziga millatlarni beraman.   Vahimaga tushma, Men sen bilanman+. Zurriyotingni* sharqdan olib kelaman,Seni g‘arbdan yig‘ib olaman+.   Shimolga: “Ularni qaytar!”+ — deb aytaman. Janubga esa shunday deyman: “Ularni ushlab turma. Olisdan o‘g‘illarimni, yerning chekkalaridan qizlarimni+,   Ismim bilan atalgan barchani+,Ulug‘vorligimni oshkor etsin deya Men yaratgan,Shakl bergan va bunyod etgan har bir kishini olib kel”+.   Ko‘zlari bor bo‘lsa-da, ko‘r,Quloqlari bor bo‘lsa-da, kar odamlarni keltir+.   Barcha xalqlar bir joyga to‘plansin,Hamma odamlar birgalikda yig‘ilsin+. Qani, oralaridan kim buni aytib bera oladi? Qay biri ilk narsalar* borasida so‘zlay oladi?+ Haq ekanliklarini isbotlash uchun o‘z guvohlarini chaqirsin,Ular tinglab: “Bu haqiqat!”+ — desin». 10  Yahova bunday demoqda: «Sizlar Mening shohidlarimsiz+,Ha, O‘zim tanlagan xizmatchilarimsiz+.Toki Meni tanib-bilib, Menga ishoning,Men hamisha O‘sha ekanimni anglab oling+. Mendan oldin ham,Mendan keyin ham hech qanday Xudo bo‘lmagan+. 11  Men, Men Yahovaman+, Mendan bo‘lak najotkor yo‘q»+. 12  «Orangizda begona xudo bo‘lmaganda+,Xabarlagan ham, qutqargan ham, bildirgan ham O‘zimman. Sizlar shohidlarimsiz,— demoqda Yahova,— Men esa Xudoman+. 13  Men doimo O‘sha bo‘lib qolaman+.Hech kim Mening qo‘limdan hech nimani tortib ololmaydi+. Ishga kirishsam, kim Menga to‘sqinlik qila oladi?!»+ 14  Xaloskoring+, Isroilning Muqaddas Xudosi Yahova+ bunday demoqda: «Sizlar uchun ularni Bobilga otlantiraman-da, darvozalarning barcha surma zulfinlarini buzdiraman+,Xaldeylar o‘z kemalarida qayg‘udan faryod chekadi+. 15  Men sizlarning Muqaddas Xudoyingiz+, Isroilning Yaratuvchisi+, Shohingiz Yahovaman+». 16  Yahova dengizdan yo‘l ochgan,Jo‘shqin suvlar ichra so‘qmoq bunyod etgan+, 17  Jang aravalari-yu otlarni+,Qo‘shin-u qudratli jangchilarni olib chiqadigan Zot shunday demoqda: «Ular yerga yiqiladi-yu, qaytib turmaydi+. Yonib bitgan pilikday o‘chib qoladi». 18  «Avvalgi narsalarni yodga olmanglar,O‘tmish bilan yashamanglar. 19  Mana! Men yangi bir narsa yaratyapman+.Bu hozirdan amalga oshyapti. Nahotki buni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz? Men sahro bo‘ylab yo‘l ochaman+,Cho‘l-u biyobonda daryolar oqizaman+. 20  Dashtning yirtqich hayvonlari,Chiyabo‘rilar-u tuyaqushlar Meni sharaflaydi.Xalqim, Men tanlaganim+, ichsin deya,Men sahroda suvlar+,Cho‘l-u biyobonda daryolar oqizaman. 21  Bu xalqni O‘zim uchun barpo etdim,Toki ular Menga hamd-u sanolar aytsin+. 22  Ammo sen Meni chaqirmading, ey Yoqub+,Chunki sen Mendan charchading, ey Isroil+. 23  Menga butunlay kuydiriladigan qurbonlik uchun qo‘ylar keltirmading,Qurbonliklaring bilan Meni ulug‘lamading. Menga hadyalar olib kelishga seni majburlamadim.Xushbo‘y smola* kuydirishni so‘rab, seni bezor qilmadim+. 24  Pul sarflab Menga muattar hidli qamish sotib olmading,Qurbonliklaring yog‘lari bilan Meni xushnud qilmading+. Aksincha, gunohlaring bilan Menga yuk bo‘lding,Qilmishlaring ila Meni toliqtirding+. 25  Men, Men O‘z ismim haqqi+ gunohlaringni o‘chirib yuboraman+,Qilmishlaringni yodga olmayman+. 26  Kel, ikkimiz masalamizni o‘rtaga qo‘yaylik,Haqligingni isbotlash uchun dalillar keltir, yodimga sol. 27  Sening ilk otang gunoh qildi,Vakillaring* Menga qarshi isyon ko‘tardi+. 28  Shu bois, Men muqaddas joydagi beklarni bulg‘ayman,Yoqubni halokatga duchor qilaman,Isroil aholisini tahqirlanishga mahkum etaman+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «Urug‘ingni».
Ehtimol, kelajakda yuz beradigan ilk narsalarga tegishli.
Ehtimol, Qonun o‘rgatuvchilar nazarda tutilgan.