Ishayo 45:1-25

  • Kir Bobilni zabt etishga tayinlanadi (1-8)

  • Gil Kulolga qarshi chiqmaydi (9-13)

  • Boshqa xalqlar Isroilni tan oladi (14-17)

  • Xudoning vahiylari va ishlari ishonchlidir (18-25)

    • Yer insonlar yashashi uchun yaratilgan (18)

45  Yahova O‘zining moylangani Kirga+,Uning oldida xalqlarni bo‘ysundirib+,Shohlarni qurolsizlantirish uchun,Shahar darvozalari yopilmay,Oldida qo‘sh tabaqali darvozalar ochilishi uchun,O‘zi uning o‘ng qo‘lidan ushlab+ bunday deydi:   «Men sening oldingda boraman+,Tepaliklarni tekislikka aylantiraman, Mis eshiklarni parchalab tashlayman,Temirli surma zulfinlarni sindiraman+.   Senga qorong‘i yerlardagi xazinalarni,Yashirin joylardagi boyliklarni beraman+.Shunda Men Yahova ekanimni,Seni isming bilan chaqiradigan Isroilning Xudosi ekanimni bilib olasan+.   Xizmatkorim Yoqub va tanlaganim Isroil haqqi,Seni isming bilan atayman, Garchi Meni bilmasang-da, senga sharafli ism beraman.   Men Yahovaman, Mendan boshqasi yo‘q. Mendan boshqa Xudo yo‘q+. Garchi Meni bilmasang-da, kuch-qudratingni oshiraman.   Sharqdan g‘arbgacha bo‘lgan odamlarShuni bilib qo‘ysinki,Mendan boshqasi yo‘q+. Men Yahovaman, Mendan o‘zgasi yo‘q+.   Yorug‘ligu+ qorong‘ilikni+ Men yarataman,Tinchligu+ falokatni+ Men keltiraman.Men, Yahova, bularning barini amalga oshiraman.   Ey osmon, yerga yomg‘ir yog‘dir+.Bulutlardan odillik yog‘ilsin. Yer ochilib, najot mevasini bersin,Shu bilan bir vaqtda adolat unib chiqsin+. Buni yaratgan Men, Yahovaman».   O‘z Yaratuvchisi bilan bahslashadiganning holiga voy!Zero, u boshqa sopol parchalari bilan yerda sochilib yotganShunchaki sopol parchasidir. Gil Kulolga: «Nima yasayapsan?»+ — deb aytadimi? Yoki o‘zing yasagan buyum: «Uning qo‘llari yo‘q»*,— deydimi? 10  Otasiga: «Nega meni dunyoga keltirdingiz?» — deganning, Onasiga: «Meni nega tug‘dingiz?» — deb aytganning holiga voy! 11  Isroilning Muqaddas Xudosi+, unga shakl bergan Yahova shunday demoqda: «Bo‘lajak narsalar haqida Meni so‘roqga tutmoqchimisiz?O‘g‘illarim+ va qo‘llarim mahsuli haqida buyruq bermoqchimisiz? 12  Yerga shakl bergan+ ham, insonni yaratgan+ ham Menman. O‘z qo‘llarim bilan samoni yoyib yuborganman+,Samoviy jismlarga ham amr beradigan Menman»+. 13  «Odillik haqqi bir insonni qo‘zg‘ataman+,Uning barcha yo‘llarini ravon qilaman. Mening shahrimni u quradi+.Asirlikdagi xalqimni haq va pora olmay+ ozod etadi»+,— demoqda Qo‘shinlar Sarvari Yahova. 14  Yahova bunday deb aytmoqda: «Misrning daromadi*, Habashistonning mollari* va baland bo‘yli savoliklarOldingga kelib, seniki bo‘ladi. Kishanlangan holda ortingdan yuradi. Kelib senga sajda qiladi+. Ular senga ehtirom ko‘rsatib: “Chindan ham Xudo siz bilan ekan+,Undan boshqasi yo‘q, Undan o‘zga Tangri yo‘q”,— deydi». 15  Ey, Isroilning Xudosi, ey Najotkor+.Ha, Sen doim ham O‘z niyatingni oshkor etmaysan. 16  Ularning bari sharmanda bo‘lib kamsitiladi.But yasovchilarning hammasi isnodga qoladi+. 17  Ammo seni, ey Isroil, Yahova abadiy najotga erishtiradi+. Sen abadulabad uyatga qolmaysan, aslo sharmanda bo‘lmaysan+. 18  Chunki samolarning Yaratuvchisi+,Yerga shakl berib, uni mustahkam o‘rnatgan haq Tangri+Yerni bekorga emas*, insonlar yashashi uchun barpo etgan+Yahova shunday demoqda: «Men Yahovaman, Mendan boshqasi yo‘q. 19  Men yashirin joyda+, zulmat diyorida gapirmadim,Men Yoqubning zurriyotiga*:“Meni izlang, ammo urinishlaringiz zoye ketadi”,— demadim. Men Yahovaman, Men adolatni so‘zlayman, to‘g‘rilikni e’lon etaman+. 20  Ey, xalqlar qo‘lidan omon qolganlar, yig‘ilishib kelinglar+. Bu yerga yaqinlashinglar. O‘yma butlarni ko‘tarib yuruvchilar-uNajot bera olmaydigan xudoga sig‘inuvchilar hech nimani bilmaydi+. 21  Qani aytinglar, masalangizni o‘rtaga qo‘yinglar. Ular birgalikda maslahatlashsin. Kim buni azaldan aytgan?Kim buni qadimdan e’lon etgan? Axir Men, Yahova emasmi?! Mendan boshqa Xudo yo‘q+.Mendan bo‘lak adolatli Tangri, Najotkor+ yo‘q. 22  Ey, yerning chekkalari, Menga qaytib omon qolinglar+.Chunki Men Xudoman, Mendan boshqasi yo‘q+. 23  O‘z ismim haqqi qasam ichdim.Og‘zimdan chiqgan so‘z adolatlidir,U bajarilmay qolmaydi+. Har bir kishi oldimda tiz cho‘kadi.Barcha tillar sadoqat ila ont ichib+, 24  Shunday deydi: “Cheksiz adolat va kuch-qudrat tanho Yahovaga tegishli. Unga qarshi g‘azablanganlarning bari uyatga qolib, huzuriga keladi. 25  Isroilning butun zurriyoti Yahovaga xizmat qilish to‘g‘ri ekaniga amin bo‘ladi+,U bilan maqtanadi”».

Izohlar

Boshqa variant «Yoki gil: “Yasagan buyumingning dastasi yo‘q”»
Boshqa variant «ishchilari».
Boshqa variant «savdogarlari».
Boshqa variant «bo‘m-bo‘sh turishi uchun emas».
So‘zma-so‘z «urug‘iga».