Ishayo 60:1-22

  • Yahovaning ulug‘vorligi Sionga yog‘iladi (1-22)

    • «Iniga uchayotgan kaptarday uchib kelmoqda» (8)

    • Mis o‘rniga oltin (17)

    • Ozgina odamdan mingta odam (22)

60  «Ey, ayol o‘rningdan tur+, nuringni soch! Yahovaning ulug‘vorligi ustingga yog‘iladi+.   Mana, yerni zulmat,Xalqlarni qora bulut qoplaydi.Biroq Yahova senga nurini sochadi,Uning ulug‘vorligi senga ko‘rinadi.   Xalqlar yorug‘liging+,Shohlar+ porloq hashamating tomon keladi+.   Boshingni ko‘tarib, atrofingga qara! Ularning bari to‘planib, oldingga yaqinlashmoqda. O‘g‘illaring olisdan kelmoqda+,Qizlaringni qo‘llarida ko‘tarib kelishmoqda+.   Buni ko‘rib, yuzingdan nur taraladi+,Yuraging dukillab, quvonchga to‘ladi.Zero, dengiz boyliklari sen tomon yog‘iladi,Xalqlar xazinalari seniki bo‘ladi+.   Yurtingni tuyalar to‘dalari,Midiyon-u Efaxning+ yosh tuyalari to‘ldiradi. Shavaning barcha odamlari keladi,Ular senga oltin, xushbo‘y smola olib keladi. Ular Yahovani madh etadi+.   Kedarning+ hamma podalari yoningga to‘planadi. Navayot+ qo‘chqorlari xizmatingda bo‘ladi. Ular qurbongohimga ko‘tariladi+,Men ularni qabul qilaman, ulug‘vor uyimni bezayman+.   Kimlar xuddi bulutday,Iniga uchayotgan kaptarday uchib kelmoqda?   Orollar Menga umid bog‘laydi+,Tarshish kemalari oldinda keladi,O‘g‘illaringni yiroqdan+Kumush-u oltinlari bilan birga olib keladi.Buni Allohing Yahova — Isroilning Muqaddas Xudosi ismini ulug‘lash uchun qiladi.Zero, U seni shon-sharafga burkaydi+. 10  Musofirlar devorlaringni quradi,Shohlari xizmatingda bo‘ladi+.G‘azabim ila seni jazoladim,Ammo iltifotimni ko‘rsatib, rahm-shafqat qilaman+. 11  Darvozalaring doim ochiq bo‘ladi+.Ular kecha-yu kunduz yopilmaydi.Xalqlarning boyliklari senga olib kelinadi,Shohlari bu ishda boshchilik qiladi+. 12  Senga xizmat qilmaydigan har qanday xalqni, shohlikni yo‘q qilasan.Bunday xalqlar batamom qirilib ketadi+. 13  Livanning ulug‘vorligi senga keladi+,Muqaddas maskanimni bezash uchunQora archa, shumtol va sarv daraxtlari olib kelinadi+.Men oyog‘im turgan joyni sharaflayman+. 14  Senga zulm o‘tkazganlarning o‘g‘illari oldingga kelib, ta’zim qiladi.Seni pisand qilmaganlarning bari oyog‘ingga bosh egadi.Ular seni Yahovaning shahri,Isroilning Muqaddas Xudosining Sioni deb ataydi+. 15  Seni tark etib, sendan nafratlanishdi, seni chetlab o‘tishdi+.Endi, seni abadiy faxr,Avlodlar osha quvonch manbaiga aylantiraman+. 16  Sen xalqlar sutidan ichasan+,Shohlar ko‘kragini emasan+.Shunda Men, Yahova, Najotkoring ekanimni,Yoqubning Qodir Tangrisi, Xaloskoring ekanimni bilib olasan+. 17  Mis o‘rniga oltin,Temir o‘rniga kumush,Yog‘och o‘rniga mis,Toshlar o‘rniga temir keltiraman.Tinchlikni nazoratching, Odillikni ish taqsimlovching etib tayinlayman+. 18  Bundan buyon yurtingda zo‘ravonlik haqida,Chegaralaring ichida bosqinchilig-u halokat to‘g‘risida eshitilmaydi+. Devorlaringni Najot+, darvozalaringni Sharaf deb ataysan. 19  Kunduzi quyosh o‘z nurini senga sochmaydi,Oy o‘z shu’lasini tushirmaydi.Zero, Yahovaning O‘zi abadiy nuring+,Tangring sening chiroying bo‘ladi+. 20  Quyoshing hech qachon botmaydi,Oying boshqa yashirinmaydi.Chunki Yahovaning O‘zi abadiy nuring bo‘ladi+,Qayg‘uli kunlaring barham topadi+. 21  Butun xalqing odil bo‘ladi,Bu yurtga mangu egalik qiladi. Ular — Men o‘tqazgan nihol,Ko‘rkim+ bo‘ladigan O‘z qo‘llarim ijodidir+. 22  Ozgina odamdan mingta odam,Kichik xalqdan qudratli xalq paydo bo‘ladi. Men, Yahova, buni o‘z vaqtida tezlashtiraman».

Izohlar