Luqo 21:1-38
21 Iso atrofga qarab, xayr-ehson idishlariga ehsonlarini solayotgan boy kishilarni ko‘rdi+.
2 Keyin u o‘sha yerda, ikki chaqa* tashlayotgan bir kambag‘al beva ayolni ham ko‘rdi+.
3 Shunda Iso mana bu so‘zlarni aytdi: «Ishonavering, bu kambag‘al beva ayol ularning hammasidan ko‘proq soldi+.
4 Chunki o‘sha kishilar o‘zlaridan ortib qolganini solishdi, bu ayol esa o‘zi muhtoj bo‘la turib, qo‘lida borini ehson qildi»+.
5 So‘ng ba’zi odamlar ma’badning chiroyli toshlar va tuhfa etilgan narsalar bilan bezatilgani haqida gap ochishganda+,
6 Iso quyidagicha dedi: «Shunday kunlar keladiki, bu yerda ko‘rib turganingizdan tosh ustida tosh qolmaydi, hammasi yer bilan yakson bo‘ladi»+.
7 Keyin ular Isodan so‘rashdi: «Ustoz, bu voqealar qachon sodir bo‘ladi? Bular qachon yuz berishini qaysi belgidan bilib olamiz?»+
8 Iso ularga javoban shularni aytdi: «Ehtiyot bo‘linglar, tag‘in birov sizlarni yo‘ldan urmasin+. Chunki ko‘plar mening nomim bilan kelib: “Men o‘shaman”, “Belgilangan vaqt yaqin”,— deyishadi. Sizlar esa ularning ortidan bormanglar+.
9 Bundan tashqari, urushlar shovqinini va tartibsizliklar bo‘layotganini eshitib dahshatga tushmanglar. Axir bu voqealar yuz berishi muqarrar. Ammo oxirat darhol kelmaydi»+.
10 Iso ularga shularni ham aytdi: «Xalq xalqga qarshi+, podshohlik podshohlikka qarshi ko‘tariladi+.
11 Kuchli zilzilalar yuz beradi, bir joyda, keyin boshqa joyda oziq-ovqat yetishmovchiligi hamda o‘latlar bo‘ladi+. Shuningdek, odamlar qo‘rqinchli narsalarni va osmondan tushgan alomatlarni ko‘rishadi.
12 Lekin bundan oldin odamlar sizlarga qarshi chiqib, ta’qib qilishadi+. Sizlarni ibodatxonalar-u qamoqxonalarga topshirib, mening nomim tufayli shohlar-u hokimlar qoshiga olib borishadi+.
13 O‘shanda sizlarda shohidlik qilish imkoniyati tug‘iladi.
14 Lekin o‘zingizni himoya qilish uchun nima deyishni oldindan rejalashtirmanglar+.
15 Boisi, men sizlarga shunday donolik beramanki, sizlar nima deyish kerakligini bilasizlar. Shunda dushmanlaringiz sizlarga qarshi ham tura olishmaydi, e’tiroz ham bildira olishmaydi+.
16 Boz ustiga, ota-ona, aka-uka, qarindosh-urug‘ va do‘st-dugonalaringiz sizlarga xiyonat qilib, ba’zilaringizni hatto o‘ldirib yuborishadi+.
17 Mening nomim tufayli hamma xalqlar sizlardan nafratlanadi+.
18 Biroq boshingizdan bir tola soch ham tushmaydi+.
19 Sabr-bardosh qilib joningizni* qutqarasizlar+.
20 Ustiga-ustak, harbiylar Quddusning atrofida qarorgoh qurganini ko‘rsangiz+, bilinglarki, uning vayron bo‘lishi yaqindir+.
21 O‘shanda Yahudiyada bo‘lganlar tog‘larga qochsin+, Quddusning ichida bo‘lganlar undan chiqib ketsin, tashqarida bo‘lganlar esa unga kirmasin.
22 Sababi bu kunlar Muqaddas Yozuvlarda aytilgan barcha narsalar amalga oshishi uchun adolat o‘rnatiladigan kunlar* bo‘ladi.
23 O‘sha kunlarda homilador bo‘lgan va emizikli ayollarning holiga voy!+ Chunki o‘sha vaqtda bu yurtda azob-uqubat bo‘ladi, xalq esa jazosini oladi.
24 Odamlar qilichdan halok bo‘lib, barcha xalqlarga asir qilib olib ketiladi+. Quddus bo‘lsa, o‘zga xalqlar davri tugaguncha ular tomonidan oyoq osti qilinadi+.
25 Shuningdek, quyosh, oy va yulduzlarda alomatlar ko‘rinadi+. Dengiz shovullab, to‘lqinlanganidan yer yuzidagi xalqlar nima qilishini bilmay iztirob chekishadi.
26 Odamlar yer yuziga kelayotgan hodisalarni kutib qo‘rquvdan ado bo‘lishadi. Chunki samoviy kuchlar larzaga keladi.
27 Shunda ular Inson O‘g‘lining+ kuch-qudrat va shon-shuhrat bilan bulutlar uzra kelayotganini ko‘rishadi+.
28 Bu narsalar yuz bera boshlaganda, qomatingizni g‘oz tutib boshingizni ko‘taringlar, zero xalos bo‘lish vaqtingiz yaqinlashib qoldi».
29 Keyin Iso ularga bir misol keltirdi: «Anjir va boshqa daraxtlarga e’tibor beringlar+.
30 Ular kurtak chiqarayotganini ko‘rganingizda, yoz yaqin ekanini bilasizlar.
31 Shunga o‘xshab, bu narsalar yuz berayotganini ko‘rganingizda, Xudoning Shohligi yaqin ekanini bilinglar.
32 Ishonavering, bu avlod o‘tmasdanoq, bularning hammasi amalga oshadi+.
33 Osmon bilan yer yo‘q bo‘lib ketadi, lekin mening so‘zlarim puchga chiqmaydi+.
34 O‘zingizga diqqat qilinglar, yuraklaringizni ortiqcha yegulik, ichkilik+ va turmush tashvishlari+ egallab olmasin. Tag‘in o‘sha kun nogahon kelib
35 sizlarni to‘rga ilintirmasin+. Chunki o‘sha kun yer yuzida yashovchi barchaning boshiga tushadi.
36 Shunday ekan, yuz beradigan bu voqealardan omon qolib, Inson O‘g‘lining oldida tura olish uchun+, Allohga doimo iltijo qilib+, hushyor turinglar»+.
37 Shu yo‘sin Iso kunduzi ma’badda ta’lim berar, kechalari esa u yerdan ketib, Zaytun tog‘ida tunardi.
38 Tong saharda butun xalq uni tinglash uchun ma’badga kelardi.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «ikki lepta». Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Yoki «hayotingizni».
^ Yoki «qasos olish kunlari».