Rimliklarga 14:1-23
14 Imoni zaif bo‘lganlarga yaxshi muomala qilib+, shaxsiy qarorlari* uchun ularni hukm qilmanglar.
2 Birovning imoni har narsani yeyishga yo‘l qo‘yadi, imoni zaif kishi esa faqat sabzavot yeydi.
3 Shuning uchun, yeydigan kishi yemaydiganni kamsitmasin, shu singari, yemaydigan kishi ham yeydiganni hukm qilmasin+, chunki Alloh uni ham qabul qilgan.
4 Siz kim bo‘libsizki, o‘zganing xizmatkorini hukm qilasiz?+ U turadimi yoki yiqiladimi, buni xo‘jayini hal qiladi+. U kishi oyoqga turg‘iziladi, chunki Yahova* uni turg‘izishga qodir.
5 Kimdir bir kunni boshqasidan ustun qo‘yadi+, birov uchun esa hamma kunlar barobar+. Har kim o‘z fikrida amin bo‘lsin.
6 Kimdir muayyan kunga rioya qilsa, Yahovani* sharaflash niyatida rioya qiladi. Yeydigan ham Yahovaga* sharaf keltirish maqsadida yeydi, chunki Xudoga shukrona aytadi+. Yemaydigan ham Yahovani* sharaflash uchun yemaydi va baribir Allohga minnatdorchilik bildiradi+.
7 Hech birimiz o‘zimizni deb yashamaymiz+ va hech birimiz o‘zimizni deb o‘lmaymiz.
8 Yashasak ham Yahova* uchun yashaymiz+, o‘lsak ham Yahova* uchun o‘lamiz. Shu bois, yashasak ham, o‘lsak ham Yahovaga* tegishlimiz+.
9 Ana shu sababli Masih ham o‘lig-u tiriklarning Hazrati bo‘lish uchun o‘lib, tirildi+.
10 Unda nega birodaringizni hukm qilasiz?+ Yoki nima uchun uni kamsityapsiz? Axir barchamiz Tangrining hakamlik kursisi qarshisida turamiz-ku+.
11 Muqaddas Yozuvlarda shunday deyilgan: «Hayotim bilan qasam ichib aytamanki+, — demoqda Yahova* — har bir kishi oldimda tiz cho‘kib, barcha tillar Alloh ekanimni ochiq tan oladi»+.
12 Xullas, har birimiz o‘zimiz uchun Xudoga hisobot beramiz+.
13 Bundan buyon bir-birimizni hukm qilmaylik+. Yaxshisi, birodaringiz oldiga qoqintiradigan tosh qo‘ymaslikka va uni haqiqat yo‘lidan adashtirmaslikka qaror qilinglar+.
14 Hazrati Isoning izdoshi sifatida bilaman va aminmanki, hech narsa o‘z-o‘zidan harom emas+. Faqat biror narsani harom hisoblagan kishi uchun o‘sha narsa haromdir.
15 Agar yegulik dastidan birodaringizni xafa qilsangiz, unda mehr-muhabbatga muvofiq yo‘l tutmagan bo‘lasiz+. Masih bu odam uchun o‘lgan, uni yegulik bilan halokatga yo‘liqtirmang+.
16 Qilayotgan yaxshi ishlaringizni yomonlashlariga yo‘l qo‘ymanglar.
17 Zero Xudoning Shohligi yegulik va ichkilikni emas+, aksincha, muqaddas ruh bergan odillik, tinchlik va quvonchni anglatadi.
18 Kimki shu tarzda Masihga xizmat qilsa, Tangrining va odamlarning ko‘nglini topadi.
19 Shuning uchun kelinglar, tinchlik keltiradigan+ va bir-birimizni mustahkamlashga ko‘maklashadigan narsalar payida bo‘laylik+.
20 Yegulikni deb Xudoning ishini buzishni bas qiling+. Aslida hamma narsa haloldir, ammo inson yegan narsasi bilan birovni qoqintirsa, bu yomondir+.
21 Undan ko‘ra go‘sht yemagan, sharob ichmagan yoki birodaringizni qoqintiradigan biron ish qilmagan ma’qul+.
22 Imoningizni Xudo bilan sizning orangizdagi narsadek saqlang. Biror qarorga kelib, bu uchun o‘zini hukm qilmagan odam baxtiyordir.
23 Ammo shubhalanib yesa, u allaqachon hukm etilgan, chunki u imoniga muvofiq yo‘l tutmadi. Imonga muvofiq bo‘lmagan har bir narsa esa gunohdir.
Izohlar
^ Boshqa variant «qalbidagi shubhalari».