Rimliklarga 8:1-39

  • Ruh vositasida hayot va ozodlik (1-11)

  • Ruh orqali o‘g‘illikka qabul qilinish (12-17)

  • Yaratilganlar Xudo farzandlarining erkinligiga ega bo‘lishni kutyapti (18-25)

  • Ruh biz uchun vositachilik qiladi (26, 27)

  • Xudo tan olgan kishilar (28-30)

  • Xudoning sevgisi asosida g‘alaba qozonish (31-39)

8  Shu sababli, Iso Masih bilan birlikda bo‘lganlar hukm qilinmaydilar.  Chunki Iso Masih bilan birlikda hayot ato etuvchi ruh* qonuni seni gunoh va o‘lim qonunidan ozod etdi+.  Insonlar nomukammal bo‘lgani uchun+, Tavrotga to‘liq amal qila olishmagan+ va qonun ularni to‘liq qutqara olmagan. Xudo gunohga chek qo‘yish maqsadida, O‘z O‘g‘lini gunohkor inson qiyofasida*+ yer yuziga yuborib+, tanadagi gunohni jazoga mahkum etyapti.  Toki biz Tavrotning adolatli talabini+ tana istaklariga binoan emas, balki muqaddas ruhga munosib ravishda bajaraylik+.  Tana istaklariga muvofiq yashaydiganlar tanaga oid narsalar+ to‘g‘risida, muqaddas ruhga muvofiq yashaydiganlar esa ma’naviy narsalar+ haqida fikr yuritishadi.  Tanaga oid narsalarni o‘ylash — o‘lim+, ma’naviy narsalar to‘g‘risida mulohaza yuritish esa hayot va tinchlik keltiradi+.  Boisi, tanaga oid narsalarni o‘ylash Alloh bilan dushman bo‘lishni anglatadi+. Chunki tana Xudoning qonuniga bo‘ysunmaydi, aslida bo‘ysuna olmaydi ham.  Xullas, tana istaklariga muvofiq umr kechirayotganlar Allohni mamnun qila olmaydilar.  Biroq Xudoning ruhi chindan ham ichingizda bor bo‘lsa, demak sizlar tana istaklariga binoan emas, muqaddas ruhga ko‘ra hayot kechiryapsizlar+. Ammo kimki Masih kabi fikr yuritmasa*, unga tegishli bo‘lmaydi. 10  Agar Masih sizlar bilan birlikda bo‘lsa+, unda tanangiz gunoh dastidan o‘likdir, muqaddas ruh esa odillik vositasida hayot baxsh etmoqda. 11  Bordi-yu, Isoni tiriltirgan Xudoning ruhi ichingizda bor bo‘lsa, Alloh Iso Masihni tiriltirgani kabi+, o‘lik tanalaringizni ham+ O‘z ruhi bilan jonlantiradi. 12  Shunday ekan, birodarlar, biz tanaga va uning istaklariga bo‘ysunishga majbur emasmiz+. 13  Sababi, agar sizlar tana istaklaringiz bo‘yicha yashasangiz, albatta o‘lasizlar. Bordi-yu, gunohli ishlarni muqaddas ruh bilan o‘ldirsangiz+, yashaysizlar+. 14  Xudoning ruhi bilan boshqariladigan barcha Tangrining o‘g‘illaridir+. 15  Allohning ruhi bizni yana qullik va qo‘rquvga solmaydi. Aksincha, ushbu ruh orqali biz o‘g‘illikka qabul qilinib, shu ruh bizni: «Abba*, Ota!»+ — deyishga undamoqda. 16  Ushbu ruh qalbimiz* bilan birgalikda+, biz Allohning farzandlari+ ekanimiz haqida shohidlik bermoqda. 17  Agar farzandlar bo‘lsak, unda merosxo‘rlar, ya’ni Xudoning merosxo‘rlari, Masihning esa vorisdoshlarimiz+. Agar Masih bilan birga azob cheksak+, u bilan birga ulug‘lanamiz+. 18  Shuning uchun, hozir men boshdan kechirayotgan azoblar, biz orqali ochib beriladigan shon-sharaf oldida hech narsa emas+. 19  Barcha yaratilganlar* Xudoning o‘g‘illari ulug‘vor ko‘rinishda oshkor bo‘lishini intizorlik bilan kutishyapti+. 20  Axir yaratilganlar behuda narsalarga+ o‘z xohishi bilan emas, Tangrining irodasi bilan tobe qilindi. Shu bilan birgalikda, U umid qilishga asos ham bergan. 21  Ya’ni yaratilganlarning o‘zi ham chirish qulligidan ozod etilib+, Xudo farzandlarining ulug‘vor erkinligiga ega bo‘ladi. 22  Boisi, barcha yaratilganlar shu kungacha oh-voh qilib, azob chekayotgani bizga ayon. 23  Ustiga-ustak, birinchi hosilga, ya’ni muqaddas ruhga ega bo‘lgan o‘zimiz ham qalbimizda fig‘on chekib+, Alloh bizni o‘g‘illari sifatida qabul qilib+, to‘lov orqali tanamizdan ozod etilishni intizor bo‘lib kutyapmiz. 24  Biz shu umid bilan qutqarildik. Biroq odam ko‘rib turgan narsaga umid qilsa, buni umid deb bo‘lmaydi. Axir kishi biror narsani ko‘rib tursa, unga umid bog‘laydimi? 25  Lekin ko‘rmayotgan narsaga+ umid bog‘lasak+, sabr+ bilan intizor bo‘lib kutamiz. 26  Xuddi shunday, muqaddas ruh zaifliklarimizda bizga yordam beradi+. Negaki, zarur bo‘lganda nima haqda ibodat qilishni bilmay qolganimizda, ushbu ruh ifodalab bo‘lmaydigan oh-nolalar bilan biz uchun vositachilik qiladi. 27  Biroq qalblarni tekshiradigan Xudo+, muqaddas ruh nimani nazarda tutayotganini biladi, chunki ruh Tangrining irodasiga muvofiq tarzda muqaddas kishilar uchun vositachilik qiladi. 28  Bizga ma’lumki, Alloh barcha ishlarini Uni sevadiganlarga, ya’ni niyatiga ko‘ra da’vat etilganlarga foyda keltiradigan qilib bajaradi+. 29  Uning O‘g‘li ko‘p birodarlar orasida+ to‘ng‘ich bo‘lishi uchun+, Xudo avval tan olgan kishilar O‘g‘lining suratiga o‘xshash+ bo‘lishlarini oldindan belgilab qo‘ydi. 30  Bundan tashqari, U kimlarni oldindan belgilagan bo‘lsa+, shu odamlarni da’vat etdi+. Kimlarni da’vat etgan bo‘lsa, o‘sha kishilarni odil deb e’lon qildi+. Nihoyat, kimlarni odil deb e’lon qilgan bo‘lsa, o‘shalarni ulug‘ladi+. 31  Xo‘sh, bunga nima deymiz? Agar Tangri biz tarafda bo‘lsa, unda kim bizga qarshi chiqadi?+ 32  O‘z O‘g‘lini ayamay, uni hammamiz uchun bergan Xudo+, nahot qolgan narsalarni ham bizga qo‘shib bermasa? 33  Alloh tanlagan kishilarni kim ayblay oladi?+ Axir Xudoning O‘zi ularni odil deb e’lon qilmoqda+. 34  Kim ularni hukm qiladi? O‘lgan, aniqrog‘i, tirilgan hamda Allohning o‘ng tarafida o‘tirgan Iso Masih+ biz uchun vositachilik qilmoqda+. 35  Masihning sevgisidan bizni kim mahrum eta oladi?+ Qayg‘u-alammi, azobmi, ta’qibmi, ochlik va yalang‘ochlikmi, xavf yoki qilichmi?+ 36  Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Sen uchun kun sayin bizni o‘ldirmoqchi bo‘lishadi, bizni so‘yiladigan qo‘ylarday ko‘rishadi»+. 37  Bunga qaramay, bizni sevganning yordami bilan, biz barcha narsa ustidan butunlay g‘alaba qozonyapmiz+. 38  Men aminmanki, na o‘lim, na hayot, na farishtalar, na hukumatlar, na hozirgi, na kelajakdagi narsalar, na kuchlar+, 39  na balandlik, na chuqurlik, na boshqa biron-bir maxluqot bizni Xudoning sevgisidan judo qilishga qodir emas. U sevgisini Hazratimiz Iso Masih orqali ko‘rsatgan.

Izohlar

Ehtimol, muqaddas ruh nazarda tutilgan.
So‘zma-so‘z «gunohkor tanada».
So‘zma-so‘z «Masihning ruhiga ega bo‘lmasa».
Ibroniycha yoki oromiycha so‘z «Ey Ota!» degan ma’noga ega.
So‘zma-so‘z «ruhimiz».
Asosan insonlarga tegishli.