Rimliklarga 9:1-33
9 Masihning izdoshi sifatida men rostini aytyapman, aldayotganim yo‘q, chunki muqaddas ruhning boshqaruvi ostida vijdonim ham shohidlik bermoqda:
2 qalbimda kuchli g‘am-g‘ussa va to‘xtamaydigan bir dard bor.
3 O‘z birodarlarim, qarindoshlarimni deb, men hatto Masihdan ayrilib, la’nati bo‘lishga ham tayyor edim.
4 Ular isroilliklardir. Alloh ularni o‘g‘illikka qabul qilib+, ulug‘vorlik ato etdi, ular bilan ahd qilib+ Tavrotni+, muqaddas xizmat+ hamda va’dalarni berdi+.
5 Ular ota-bobolarimizning avlodi bo‘lib+, Masih ham ulardan kelib chiqqan+. Hammadan ustun turgan Xudoga abadiy hamdlar bo‘lsin. Omin.
6 Ammo bu Tangrining so‘zi ro‘yobga chiqmadi, degani emas. Axir Isroildan tug‘ilganlarning barchasi ham chinakam isroillik emas-ku+.
7 Ular Ibrohimning zurriyoti* bo‘lishgani uchungina hammasi ham uning bolalari bo‘la olmaydi+, chunki Muqaddas Yozuvlarda: «Senga va’da qilingan zurriyot Is’hoqdan kelib chiqadi»+,— deb aytilgan.
8 Boshqacha qilib aytganda, uning naslidan bo‘lgan farzandlar aslida Tangrining farzandlari emas+. Lekin va’da bo‘yicha tug‘ilgan farzandlar+ zurriyot* hisoblanishadi.
9 Berilgan va’da esa quyidagicha edi: «Kelasi yil shu vaqtda kelganimda Sora o‘g‘illi bo‘ladi»+.
10 Va’da nafaqat o‘shanda, balki bobokalonimiz Is’hoqdan Rivqo egizak o‘g‘illarga homilador bo‘lganda ham berilgandi+.
11 Xudoning tanlab olishga nisbatan niyati bundan buyon ham ishlarga emas, balki da’vat Etuvchiga bog‘liq bo‘lishi uchun, egizaklar hali tug‘ilishidan va qandaydir yaxshi yoki yomon ish qilishidan avval
12 Alloh Rivqoga shunday dedi: «Kattasi kichigiga qul bo‘ladi»+.
13 Chunki Muqaddas Yozuvlarda: «Men Yoqubni sevdim, Esovdan esa nafratlandim»+,— deya yozilgan.
14 Unda nima demoqchimiz? Alloh adolatsizlik qiladimi? Bunday bo‘lishi mumkin emas!+
15 Mana, Alloh Musoga nima degan: «Kimga rahm-shafqatli bo‘lishni xohlasam, o‘shanga rahm-shafqatli bo‘laman, kimga mehr-shafqat ko‘rsatishni istasam, o‘shanga mehr-shafqat ko‘rsataman»+.
16 Xullas bu istaganga ham, yugurganga ham emas, balki rahm-shafqatli Xudoga bog‘liq+.
17 Muqaddas Yozuvlarda fir’avn haqida quyidagicha yozilgan: «Sen orqali O‘z qudratimni ko‘rsatib, ismim butun dunyoda e’lon etilishi uchun seni tirik qoldirdim»+.
18 Demak, U xohlaganiga rahm-shafqatli bo‘ladi, xohlaganiga o‘jar bo‘lishga yo‘l qo‘yadi+.
19 Sen esa mendan so‘raysan: «Unda nega Alloh odamlarni ayblaydi? Axir Uning irodasiga qarshi chiqa oladigan kimsa yo‘q-ku».
20 Ey inson, sen kim bo‘libsanki Allohga qarshi gapirsang?+ Yasalgan buyum uni yasaganga: «Nega meni bunday qilib yasading?»+ — deb aytadimi?
21 Nahotki kulolning o‘sha-o‘sha loy bo‘lagidan+ bir idishni sharafli, boshqa bir idishni sharafsiz maqsadda yasashga haqqi bo‘lmasa?
22 Garchi Alloh O‘z g‘azabini va qudratini namoyon etishni xohlasa ham, ammo sabr-toqat bilan halokatga tayyor turgan idishlar misoli insonlarga chidab kelgan bo‘lsa, nima bo‘pti?
23 Bunday yo‘l tutib, U mo‘l-ko‘l ulug‘vorligini, oldindan shon-sharafga hozirlangan rahm-shafqat idishlariga+,
24 ya’ni nafaqat yahudiylar, balki boshqa xalqlar orasidan da’vat etilgan bizlarga ham ko‘rsatmoqchi+.
25 Ho‘sheya payg‘ambarning kitobida Alloh aytganidek: «Mening xalqim bo‘lmaganni+ “xalqim”, sevgilim bo‘lmaganni “sevgilim” deyman»+.
26 «Mening xalqim emassizlar»,— deyilgan joyda ham ular «barhayot Xudoning o‘g‘illari»+, deb ataladilar.
27 Ishayo payg‘ambar esa Isroil xalqi to‘g‘risida baland ovozda xitob qilgan: «Garchi Isroil o‘g‘illarining soni dengiz sohilidagi qumday bo‘lsa ham, oz qismigina najot topadi+.
28 Chunki Yahova* yer yuzida yashovchilarni javobgarlikka tortadi va bu ishni U tezda oxiriga yetkazadi»+.
29 Ishayo payg‘ambar o‘tmishda aytganiday: «Qo‘shinlar Sarvari Yahova* biz uchun zurriyot* qoldirmaganida edi, biz Sado‘mga o‘xshab qolardik, G‘amo‘ra singari bo‘lib qolardik»+.
30 Bunga endi nima deymiz? O‘zga xalqlar odillikka intilmasa-da, odillikka erishishdi+. Bu odillik imonning natijasidir+.
31 Ammo Isroil qonunga asoslangan odillikka intilgan bo‘lsa-da, ushbu qonunning maqsadiga yetgani yo‘q.
32 Nima sababdan maqsadga yetgani yo‘q? Chunki ular imon bilan emas, balki ishlar orqali unga intilishgan. Ular «qoqintiradigan toshga»+ qoqinishdi.
33 Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Mana, Men Sionda odamlarni qoqintiradigan toshni+ va ularni yiqitadigan qoyani qo‘yyapman. Imonini unga asoslagan kishining umidi puchga chiqmaydi»+.