Zabur 33:1-22
33 Ey, odil insonlar, Yahova ezgu ishlar qilgani uchun, xursandchilikdan hayqiring!+
To‘g‘ri odamlar Uni maqtasa yarashadi.
2 Arfa chalib Yahovaga shukronalar ayting,O‘n torli asbobda Unga madhlar kuylang.
3 Unga yangi qo‘shiq kuylang+,Torli asboblarni mohirona chalib, shodlikdan hayqiring!
4 Yahovaning so‘zi haqiqatdir+,Qilgan barcha ishlari ishonchga sazovordir.
5 U adolat va haqqoniyatni sevadi+.
Yer yuzi Yahovaning mehr-sadoqatiga to‘ladir+.
6 Samolar Yahovaning so‘zidan+,Ulardagi har bir narsa og‘zidan chiqqan nafasidan* vujudga kelgan.
7 U dengiz suvlarini to‘g‘on o‘rnatgandek to‘sib qo‘yadi+,Jo‘shqin suvlarni omborlarga yig‘ib qo‘yadi.
8 Butun yer yuzi Yahovadan qo‘rqsin+,
Unda yashovchilar Tangriga izzat-ikrom ko‘rsatsin.
9 Zero, Alloh gapirdi va aytganlari amalga oshdi+,U amr etdi va hamma narsa qaror topdi+.
10 Yahova xalqlarning rejalarini puchga chiqardi+,Millatlarning niyatlarini barbod qildi+.
11 Yahovaning qarorlari abadiy turadi+,Dilidagi niyatlari avlodlar osha o‘zgarmaydi.
12 Yahova qaysi xalqning Xudosi bo‘lsa+,Kimni O‘z mulki sifatida tanlasa+, o‘sha xalq baxtlidir.
13 Yahova osmondan qarab,Inson o‘g‘illarining barini ko‘rib turadi+.
14 O‘zining makonidanYer yuzida yashovchilarni kuzatib turadi.
15 U hammaning yuragiga shakl beradi,Har bir kishining ishlarini tekshiradi+.
16 Hech bir shoh ulkan qo‘shini tufayli+,Qudratli kishi kuchi ko‘p bo‘lganidan qutqarilmaydi+.
17 Otim qutqaradi*, deb ishongan kishi o‘zini aldaydi+,Katta kuchga ega bo‘lsa ham, u qutqara olmaydi.
18 Yahovaning nigohi Undan qo‘rqadiganlarga+,Uning mehr-sadoqatiga umid bog‘laganlarga qaratilgandir.
19 Ularni o‘limdan xalos etib,Ocharchilik paytida tirik qoldiradi+.
20 Biz Yahovani kutamiz.
U yordamchimiz va qalqonimizdir+.
21 U tufayli qalbimiz quvonchga to‘ladi,Chunki Uning muqaddas ismiga tayanamiz+.
22 Seni kutar ekanmiz+,Ey Yahova, mehr-sadoqating biz bilan bo‘lsin+.