Zabur 69:1-36
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. «Lolagullar» kuyiga atalgan qo‘shiq. Dovud sanosi.
69 Qutqargin meni, ey Xudo, chunki suvlar hayotimga* xavf tug‘dirmoqda+.
2 Men chuqur botqoqga cho‘kib ketyapman, oyoq qo‘yadigan qattiq yer yo‘q+.
Chuqur suvlar og‘ushida qoldim,Kuchli suv oqimi meni oqizib ketyapti+.
3 Yordamga chaqiravergandan holdan toydim+,Tomog‘im qurib qoldi.
Allohimni kutaverib ko‘zlarim toliqdi+.
4 Mendan besabab nafratlanayotganlar+Boshimdagi sochimdan ham ko‘payib ketdi.
Meni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlar,Makkor dushmanlar soni oshdi.
Ular men o‘g‘irlamagan narsalarni qaytarishga majburlayapti.
5 Ey Tangri, aqlsizlik qilganimni O‘zing bilasan,Aybim Sendan yashirin emas.
6 Ey, Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahova,Senga umid bog‘laganlar meni deb uyalib qolmasin.
Ey, Isroilning Xudosi,Seni izlab yurganlar meni deb kamsitilmasin.
7 Seni deb haqoratga chidadim+,Yuzim shuvut bo‘ldi+.
8 O‘z birodarlarimga begonaday,Aka-ukalarimga musofirday bo‘lib qoldim+.
9 Uyingga bo‘lgan rashkim ichimda olov bo‘lib yonyapti+,Seni tahqirlovchilarning haqoratlari boshimga yog‘ildi+.
10 Ro‘za tutib, o‘zimni past olganimda*,Haqoratga duchor bo‘ldim.
11 Jul kiyganimda,Ular ustimdan kuldi.
12 Shahar darvozasi oldida o‘tirganlar g‘iybatimni qildi,Mayxo‘rlar men haqimda qo‘shiqlar aytdi.
13 Ey Yahova, maqbul paytdaSenga ibodat qilaman+.
Cheksiz mehr-sadoqating ila, ey Tangri,Chinakam Najotkor ekaningni ko‘rsatib, menga javob ber+.
14 Botqoqdan chiqarib ol meni,Botib ketishimga yo‘l qo‘yma.
Mendan nafratlanayotganlar ko‘lidan,Chuqur suvlardan meni qutqar+.
15 To‘fon suvlari meni oqizib ketishiga yo‘l qo‘yma+,Chuqur suvlar meni yutib yubormasin,Quduq og‘zi ustimdan yopilib qolmasin+.
16 Menga javob ber, ey Yahova, chunki mehr-sadoqating cheksizdir+.
Men tomonga buril, axir rahm-shafqatga boysan-ku+.
17 O‘z xizmatchingdan yuzingni yashirma+.
Tezroq menga javob ber, chunki boshimga kulfat tushdi+.
18 Yaqinroq kelib, meni qutqar,Dushmanlarim qo‘lidan meni xalos et.
19 Haqorat qilinganimni, sharmanda bo‘lib xo‘rlanganimni bilasan+.
G‘animlarimning hammasini ko‘rib turibsan.
20 Haqoratlar qalbimga ozor berdi, yaralarim bedavodir.
Birovning rahmi keladimi desam, bunaqa inson topilmadi+,Yupatuvchi topiladimi desam, birorta ham chiqmadi+.
21 Ovqat o‘rniga ular menga zahar berdi+,Chanqaganimda ular menga sirka berdi+.
22 Dasturxoni ular uchun qopqon bo‘lsin,Ulardagi to‘kin-sochinlik tuzoqga aylansin+.
23 Ko‘zlari xiralashib, ko‘rolmaydigan bo‘lib qolsin,Oyoqlari* qaltiraydigan bo‘lib qolsin.
24 Ular ustiga jahlingni to‘kib soch,Otashin g‘azabing ularga yog‘ilsin+.
25 Ularning qarorgohi huvullab qolsin,Chodirlarida yashaydigan odam bo‘lmasin+.
26 Sen jarohatlagan odamni ular ta’qib qilyapti,Sen yarador qilgan insonlarni ular tinmay g‘iybat qilyapti.
27 Ularning gunohi ustiga gunoh qo‘sh,Ularni odil inson deb hisoblama.
28 Ismlari hayot kitobidan o‘chirilsin+,Ismlari odil insonlarniki bilan birga yozilmasin+.
29 Men ezildim, qiynalyapman+.
Ey Xudo, najotbaxsh qudrating meni himoya qilsin.
30 Allohning ismiga atab madhlar kuylayman,Shukronalar aytib Uni ulug‘layman.
31 Bu, Yahovaga buqalar qurbonligidan,Shoxli va tuyoqli yosh buqalardan ko‘ra ko‘proq yoqadi+.
32 Kamtar* insonlar buni ko‘rib sevinadi.
Ey, Allohga xizmat qilayotganlar, jonlansin yuragingiz.
33 Yahova muhtojlarni eshitadi+,Asirlikda bo‘lgan xalqidan hazar qilmaydi+.
34 Yer-u osmon Uni maqtasin+,Dengizlar va ulardagi mavjudotlar Uni madh etsin.
35 Chunki Xudo Sionga najot yuborib+,Yahudo shaharlarini qayta bunyod etadi.Ular u yerda yashab, unga egalik qiladi.
36 Xizmatkorlarining nasli u yerni meros qilib oladi+,Uning ismini sevganlar+ u yerda yashaydi.
Izohlar
^ Yoki «jonimga».
^ Boshqa variant «Yig‘lab, ro‘za tutganimda».
^ So‘zma-so‘z «Beli».
^ Yoki «Muloyim, beozor».