Zabur 95:1-11

  • Haq topinish va itoatkorlik

    • «Agar bugun Uning ovozini eshitsangiz» (7)

    • «Toshyurak bo‘lmang» (8)

    • «Ular farog‘atimga kirmaydi» (11)

95  Qani, keling, quvonchdan Yahovaga hayqiraylik! Xursand bo‘lib hayqiraylik va najot Qoyamizni maqtaylik!+   Keling, shukrona aytib huzuriga boraylik+,Xursand bo‘lib, Unga maqtovlar kuylaylik!   Chunki Yahova — buyuk Xudodir,Boshqa barcha xudolar ustidan ulug‘ Shohdir+.   Yerning chuqur joylari Uning qo‘lidadir,Tog‘ cho‘qqilari ham Unga tegishlidir+.   O‘zi yaratgan dengiz ham Unikidir+,Quruqlikka ham O‘z qo‘llari bilan shakl bergan+.   Keling, topinib, sajda qilaylik,Yaratuvchimiz Yahova oldida tiz cho‘kaylik+.   Chunki U bizning Tangrimizdir,Biz Uning yaylovidagi xalqmiz,Qaramog‘idagi qo‘ylarmiz+. Agar bugun Uning ovozini eshitsangiz+,   Sahrodagi Massaxdagidek*+,Marivadagidek* toshyurak bo‘lmang+.   O‘shanda ota-bobolaringiz Meni sinagan edi+,Ishlarimni ko‘rgan bo‘lsa-da, Meni sinadi+. 10  O‘sha nasldan 40 yil nafratlanib: «Bu xalqning yuragi hamisha yo‘ldan adashadi,Ular Mening yo‘llarimdan yurmadi»,— dedim. 11  Shunda Men g‘azablanib: «Ular farog‘atimga kirmaydi»+,— deb ont ichdim.

Izohlar

Ma’nosi «sinov, tekshiruv».
Ma’nosi «janjal».