Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

158-QO‘SHIQ

«U kechikmaydi!»

«U kechikmaydi!»

(Xabaqquq 2:3)

  1. 1. Yer yuzi go‘zal, dil zavqqa to‘lar,

    Alloh, mavjudot sabring ayon qilar.

    Ko‘p chidab kelding, lek yaqin kunda

    Qilgaysan barpo Sen barchasin qayta.

    (NAQAROT)

    Qalb intizor bo‘lib, hur jannatni kutar,

    Yo Rab, ato et sabring.

    Hech qilmaymiz shubha, bu payt albat kelar.

    Qancha kutsak arziydi,

    U kech qolmaydi!

  2. 2. Oz vaqtdan keyin, Rab, kuning kelar,

    Shunda marhumlar yana hayot bo‘lar.

    Ber bizga sabring shu paytga qadar,

    Axir qalbimiz sog‘inch dardi o‘rtar.

    (NAQAROT)

    Qalb intizor bo‘lib, hur jannatni kutar,

    Yo Rab, ato et sabring.

    Hech qilmaymiz shubha, bu payt albat kelar.

    Qancha kutsak arziydi,

    U kech qolmaydi!

  3. 3. Xor, tashna qalbni jalb qilib, Tangri,

    Eltgaysan uni mangu hayot sari.

    Haq yo‘lda mudom Sen hamroh bizga,

    Aytib xushxabar, bo‘lgaymiz do‘st Senga.

    (NAQAROT)

    Qalb intizor bo‘lib, hur jannatni kutar,

    Yo Rab, ato et sabring.

    Hech qilmaymiz shubha, bu payt albat kelar.

    Qancha kutsak arziydi,

    U kech qolmaydi!

    Yo Allohim, ber sabring!

(Shuningdek, Kolos. 1:11 ga qarang.)