16-QO‘SHIQ
Yahni ulug‘lang Shohanshoh-chun
-
1. Podshoh bo‘lishga tayinlab,
Alloh moyladi O‘g‘lin.
Iso boshqargay adolat-la,
Rabning bajargay niyatin.
(NAQAROT)
Yahni ulug‘lang Shohanshoh-chun,
Ayting maqtovlar O‘g‘liga.
Har kun bo‘ysunib uning amriga,
Qoling vafodor Yahga.
Yahni ulug‘lang Shohanshoh-chun,
Yoygay u Alloh shonini.
Tangri moyladi ruhi-la uni,
Berdi osmonda taxtni.
-
2. Tanlab Rab shohlar ahlini,
Etgay O‘ziga da’vat.
Masih-la ular boshqargaydir,
Yerni qilishgaydir jannat.
(NAQAROT)
Yahni ulug‘lang Shohanshoh-chun,
Ayting maqtovlar O‘g‘liga.
Har kun bo‘ysunib uning amriga,
Qoling vafodor Yahga.
Yahni ulug‘lang Shohanshoh-chun,
Yoygay u Alloh shonini.
Tangri moyladi ruhi-la uni,
Berdi osmonda taxtni.
(Shuningdek, Hik. 29:4; Ishayo 66:7, 8; Yuhan. 10:4; Vah. 5:9, 10 ga qarang.)