48-QO‘SHIQ
Yahovaga har kuni hamroh bo‘laylik
(Mixo 6:8)
-
1. Har kuni kamtar yurak-la
Biz hamroh bo‘lgaymiz Rab Yahga.
U mehrin sochgay himmat-la,
Gar tursa inson to‘g‘ri yo‘lga.
Rab taqdim etdi sevgi-la
Do‘st bo‘lishdek zo‘r imkon.
Shul-chun U bilan yurgaymiz,
Har damda turib U tomon.
-
2. Tez kunda zarba olgaydir
Bu dunyo Shayton bilan birga.
U shunga yurar g‘azab-la
Va qattiq hujum qilar bizga.
Lek Tangri panoh bergaydir,
Gar Unga hamdam bo‘lsak.
U asrar bizni hamisha,
Gar astoydil Uni sevsak.
-
3. Rab ruhi va O‘z So‘zi-la
Chin qalbdan bizga ko‘mak berar.
U tinglab bizni diqqat-la,
Yor-do‘stni yordam uchun yo‘llar.
Biz Yahdan madad olgaymiz,
Gar hamroh bo‘lsak Unga.
Har lahza sodiq qolish-chun
U ato qilgay kuch bizga.
(Shuningdek, Ibt. 5:24; 6:9; 3 Shoh. 2:3, 4 ga qarang.)