55-QO‘SHIQ
Yovdan hech qo‘rqma!
-
1. Olg‘a bos, xalqim, hamisha,
Ayt xabar Shohlik haqda,
Aslo qo‘rqma yovlardan,
Va’z qil har xil joylarda.
Shohanshoh O‘g‘lim izmim-la
Haydadi yerga yovni,
Yaqinda qamab qo‘ygay u
Shaytonni va jinlarni.
(NAQAROT)
Ey xalqim, yovdan hech qo‘rqma,
Gar otsa u o‘qlarni.
O‘z ko‘zim qorachig‘idek
Doim asrayman seni.
-
2. Gar yovlar yo‘ldan urish-chun
Yomonlab, tahqir etsa
Va senga tahdid solsa
Yo mazax qilib kulsa,
Ey xalqim, bundan hech qo‘rqma,
Qil vafo Menga har dam.
Oxirga qadar bo‘lgayman
Sen uchun sodiq Hamdam.
(NAQAROT)
Ey xalqim, yovdan hech qo‘rqma,
Gar otsa u o‘qlarni.
O‘z ko‘zim qorachig‘idek
Doim asrayman seni.
-
3. Qo‘rqma, doim oldingdaman,
Bo‘laman Qalqon senga.
Joningdan ham ayrilsang,
Qaytargayman hayotga.
Qo‘rqma, gar o‘tkir xanjar-la
Ko‘ksingga ursa yovlar.
Marraga albat yetgaysan,
Vafodor qolsang agar.
(NAQAROT)
Ey xalqim, yovdan hech qo‘rqma,
Gar otsa u o‘qlarni.
O‘z ko‘zim qorachig‘idek
Doim asrayman seni.
(Shuningdek, Qonun. 32:10; Naxim. 4:14; Zab. 59:1; 83:2, 3 ga qarang.)