70-QO‘SHIQ
Munosib bo‘lganlarni izlaylik
-
1. Ta’lim berishda, xushxabar aytishda
Iso zo‘r o‘rnak qoldirgan.
«Ushbu xabarga munosib bo‘lganni
Qidirib topinglar»,— deb aytgan.
Xizmat qilganda salomdan boshlaymiz
Va keyin xabarni aytamiz.
Agar haydashsa tinglamay so‘zimiz,
Oyoqdan chang qoqib ketamiz.
-
2. Alloh gar ochsa insonning qalbini,
Tinglar u albat xabarni.
Shunda tan olib u Iso Masihni,
Biz bilan olqishlar Tangrini.
Xizmat paytida hech tashvish tortmaymiz,
Yahova O‘z ruhin baxsh etar.
Shirin, yoqimli gar bo‘lsa so‘zimiz,
Qiziqish ko‘rsatar kamtarlar.
(Shuningdek, Havor. 13:48; 16:14; Kolos. 4:6 ga qarang.)