Muqaddas Kitobni o‘qish rejasi
Muqaddas Kitobda hayot uchun zarur eng dono maslahatlar jamlangan. Uni muntazam mutolaa qilish, o‘qiganlaringiz ustida mulohaza yuritish va o‘rganganlaringizni amalda qo‘llash orqali «muvaffaqiyatga erishasiz». (Yoshua 1:8; Zabur 1:1–3) Shuningdek, Parvardigor va Uning o‘g‘li Isoni tanib-bilasiz, bu bilimlar esa najotga yetaklaydi. (Yuhanno 17:3)
Muqaddas Yozuvlardagi kitoblarni qaysi tartibda o‘qisangiz bo‘ladi? Buning ko‘plab usullari bor. Mazkur Muqaddas Kitobni o‘qish rejasi yordamida kitoblarni ketma-ket yoki mavzu bo‘yicha o‘qishingiz mumkin. Masalan, Xudoning qadimgi Isroil bilan munosabatlari haqida bilib olish uchun tanlangan parchalarni o‘qing. Boshqa parchalarni o‘qib esa birinchi asrdagi masihiy jamoat qay yo‘sin tashkil topgani va o‘sgani haqida bilib olsangiz bo‘ladi. Ajratilgan boblarni har kuni mutolaa qilsangiz, butun Muqaddas Kitobni bir yil ichida o‘qib chiqasiz.
Bordi-yu, kundalik, bir yillik yoki Muqaddas Kitobni endi o‘qishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan Muqaddas Kitobni o‘qish rejasini axtarayotgan bo‘lsangiz, mazkur reja siz uchun ayni muddao bo‘ladi. Ushbu Muqaddas Kitobni o‘qish rejasini yuklab oling va istasangiz uni bosib chiqarib, bugunning o‘zida o‘qishni boshlang.