Asosiy materiallarga o‘tish

Joni qutqarib qolinganlar

Joni qutqarib qolinganlar

IKKITA Yahovaning Shohida uyma-uy va’z qilib yurishganda, bir xonadonga qo‘ng‘iroq qilishdi. Ko‘zlari bejo bitta kishi eshikni ochdi, uning orqasidan esa shiftdan arqon osilib, uchi narvonga tushib turgani ko‘rindi.

Bu kishi Shohidlarni ichkariga taklif qilganida, ular nega arqon bu yerda turganini so‘rashdi. Shunda u o‘zini osmoqchi bo‘lganini, lekin qo‘ng‘iroq chalinganini eshitib, oxirgi marta eshikni ochishga jazm qilganini aytib berdi. Mehmonlar uy egasi bilan mulohaza yuritishdi hamda unga yordam ko‘rsatilishi uchun birgalikda shifokor qabuliga borishdi.

Ushbu voqea Belgiya gazetalarining birida chop etilgan edi. Lekin bu, Yahovaning Shohidlari insonni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qolganlarining yagona voqeasi emas. Keling, dunyoning boshqa davlatlarida sodir bo‘lgan shunga o‘xshash voqealarni ko‘rib chiqaylik.

Gresiyalik bir ayol quyidagilarni yozdi: «Erimdan ko‘nglim shunaqangi sovigan ediki, chuqur depressiya holatiga tushdim. Og‘riq kuchli bo‘lganidan, yashashni ortiq istamasdim. Jonimga qasd qilishga o‘ylaverganim sayin, yengillik his qilardim. Xuddiki og‘riqni yulib tashlaganday bo‘lardim».

Ammo ayol tibbiy yordam izlab shifokorlarga murojaat qildi. Yana bir oz vaqt o‘tib, u Yahovaning Shohidlari bilan bog‘lanib, Muqaddas Kitobni o‘rganishni va uchrashuvlarga qatnay boshladi. Tuyg‘ulari bilan bo‘lishib, bu ayol quyidagilarni yozdi: «Shuncha yillar davomida izlagan beg‘araz sevgini imondoshlarimdan topdim. Ishonchli do‘stlar orttirdim. Yuragimda xotirjamlik va baxt his qilaman, kelajakka umid bilan qarayman».

Angliyadagi Yahovaning Shohidi shunday deb yozdi: «Bir tanishim qattiq siqilib turganida, meni oldiga chaqirdi va shu kecha joniga qasd qilishga qaror qilganini aytdi. Shunda men “Uyg‘oning!” jurnalining 2008-yil may oyining sonidagi maqoladan foydalanib, u bilan mulohaza yuritdim va Muqaddas Kitobdan tasalli baxsh etuvchi oyatlarni o‘qib berdim. Garchi muammolari qolgan bo‘lsa-da, endi joniga qasd qilish fikridan qaytdi».

Ganalik Maykl ismli Yahovaning Shohidi bozorda mol sotayotgan ayol bilan suhbatlashib turardi. Bir kuni Maykl, ayolning juda tushkun ahvolda ekanini payqab, undan nima bo‘lganini so‘radi.

U, eri uni tashlab, boshqa xotin bilan yashayotgani sababli joniga qasd qilmoqchi ekanini aytdi. Maykl bu ayolga tasalli berib, Muqaddas Kitobni tushunishga ko‘maklashadigan ikkita kitob qoldirdi. Ayol kitoblarni o‘qib, joniga qasd qilish xayolidan qaytibdi. U Muqaddas Kitobni o‘rganishni davom ettiribdi, hozir esa u Yahova Shohidlarining biri bo‘ldi.

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi bir gazeta xabar berishicha, Yahovaning Shohidi bo‘lgan bir yigit va’zgo‘ylik qilayotganida, parkovka qilingan avtomobilning motori ishlab turganiga ko‘zi tushibdi.

U quyidagilarni aytib berdi: «Bir uchi glushitilga kiygizib qo‘yilgan shlangga ko‘zim tushdi. Uning ikkinchi uchi esa mashinaning oynasiga kirgan bo‘lib, tushib ketmasligi uchun izolenta bilan yaxshilab yopishtirilgan edi».

Shunda mashina tomon chopdim, oynasidan ichkarida nima bo‘layotganini ko‘rmoqchi bo‘ldim. Qarasam, qalin gaz tutunini ichida qolib ketgan ayol achchiq yig‘layapti. Baqirib: «Bu yerda nima qilib o‘tiribsiz?» — deya so‘radim.

Eshikni ochsam, orqa o‘rindiqlarda uchta kichkina bola o‘tirganiga ko‘zim tushdi. Ayol jinni bo‘lib qolganday: «Men ketishim kerak! Men ketishim kerak! Bolalarimni ham o‘zim bilan olib ketaman»,— deya qayta-qayta takrorlardi.

Men: «Iltimos, fikringizdan qayting. Axir bu, muammoning yechimi emas-ku!»

Ayol o‘zinikida turib: «Men osmonga ketishim kerak! Bolalarimni ham o‘zim bilan olib ketaman» — derdi.

U yig‘lashdan tinmasdi. Shunda oyog‘ini tagiga yiqilib, ko‘z yoshlar bilan: «Iltimos, unday qilmang»,— deb yalindim. So‘ng egilib, ayolni quchoqlab oldida ehtiyotlab mashinani ichidan chiqardi.

Shunda ayol baqirib: «Polaponlarimni ham qutqaring!»

Ular mitti qo‘lchalari menga cho‘zishardi. Bu, taxminan to‘rt va besh yashar ikki qiz hamda ikki yashar o‘g‘ilcha edi. Orqa o‘rindiqlarda miq etmay o‘tirgan bu bolachalar, hozir nafaslari bo‘g‘ilib, o‘lib qolishlarini xayollariga ham keltirishmasdi.

To‘rtalasini ham, mashinadan chiqarganimdan so‘ng, motorni o‘chirdim. Beshalamiz pastgina tosh to‘siq ustiga o‘tirdik va men so‘z boshlab: «O‘zi nima bo‘ldi?»

Yahovaning Shohidlari hayotni Yaratuvchining bebaho hadyasi deb hisoblashadi. Ular qayerda yashashlaridan qat’i nazar, o‘z joniga qasd qilgan kishilarning yaqinlariga tasalli berishga hamda hayotiga o‘z qo‘llari bilan yakun yasamoqchi bo‘lganlarini qutqarishga jon kuydirishadi.